Midnight Commander bilan juda oson!

Linuxchilar uchun console bu eng muhim instrument hisoblanadi. Albatta foydalanuvchilarning ko’pchiligi grafik rejimda(GUI) ishlashadi. Ammo masalan, serverlarda console rejimida ishlashga to’g’ri keladi. Linux foydalanuvchilar console rejimida ko’picha fayllar bilan ishlashda qiyinchilik yuzaga keladi. Masalan, nusxalash, ko’chirish, o’chirish kabi amallar. Albatta bu amallarni bajarish uchun cd, mv, cp, rm, ls buyruqlari bilan ko’zimizga oson ko’rinadi, ammo ba’zida biz o’ylagandan ko’ra ko’proq mehnat talab qilish ehtimoli ko’payadi. Siz yuqorida keltirilgan buyruqlarni va ularni yaxshi bilgan taqdiringizda ham ba’zida siz uchun Total commander dasturiga o’xshash dasturni ko’nglimiz hohlab qoladi ;).

Continue reading

Mysqldump utiliti bilan tanishamiz!

Utilit bu yordamchi dastur, Mysqldump utiliti esa ma’lumotlar bazasidan nusxa olish yoki bir malumotlar bazasidan boshqa bir ma’lumotlar bazasiga nusxa olish uchun foydalaniladi. Server administraori uchun eng kerakli utilitlardan biri hisoblanadi.

Dump utilitida ma’lumotlar bazasini yaratish yoki uni to’ldirish uchun o’zida SQL buyruqlarini mujassamlashtirgan.

Continue reading

SCP LINUX

SCP utilit hisoblanib serverlar(hostlar) o’rtasida fayl va kataloglarni nusxlash uchun ishlatiladi. SCP utiliti SSH (Secure Shell) protokoli yordamida fayl va kataloglarni bir serverdan ikkinchi serverga yoki local kompyuterimizdan serverga va aksincha nusxalashda foydalanamiz!

SCP dan foydalanish bo’yicha bir nechta misollarni ko’rib chiqamiz:

  1. file.txt faylini serverimizdan lokal kompyuterimizning /local/directory deb nomlangan katalogiga nusxalaymiz
    scp user@remote.server:file.txt /local/directory
  2. file.txt faylini lokal kompyuterimizdan serverimizning /remote/directory katalogiga nusxalaymiz
    scp file.txt user@remote.server:/remote/directory
  3. Kompyuterimizdagi dir1 katalogini serverimizning /remote/directory/dir2 katalogiga nusxalaymiz
    scp -r dir1 user@remote.server:/remote/directory/dir2
  4. file.txt faylimizni bir serverdan ikkinchi serverga nusxalaymiz
    scp user@remote.server1:/directory/file.txt user@remote.server2:/some/directory/
  5. Kompyuterimizdagi file1.txt va file2.txt fayllarni serverimizning bosh ya’ni userning katalogiga nusxalaymiz
    scp file1.txt file2.txt user@remote.server:~
  6. Kompyuterimizdagi file.txt faylini serverimizning /remote/directory katalogiga 2223 porti orqali nusxalaymiz
    scp -P 2223 file.txt user@remote.server:/remote/directory
  7. Kompyuterimizdagi file.txt faylimizni serverga 100 Kbit/s tezlik bilan nusxalaymiz
    scp -l 100 file.txt user@remote.server:~
  8. Serverimizdagi bir qancha fayllarni kompyuterimizga yuklaymiz
    scp user@remote.server:~/\{file1,file2,file3\} .

SCP ning xususiyatlari

-r – Rekursiv nusxalash (Kataloglarni nusxalash uchun)

-l <KB limit> – Tezlikni KB/s cheklash

-P <port raqami>- Katta P serverimizga port orqali foydalanib kirilganda foydalaniladi

Agar siz windows foydalanuvchisi bo’lsangiz WinSCP utilit dasturidan foydalanishingiz mumkin

Manba: Google 🙂

Telegram accountimni qanday o’chiraman?

Telegram accountingizni o’chirish bu siz barcha yozishmalaringiz, foto, video, kontaktlaringiz va boshqa ma’lumotlaringizni butunlay o’chirish demakdir. Agar telegram accountingizni o’chirsangiz va yana qayta ro’yxatdan o’tsangiz do’stlaringizga siz telegramga a’zo bo’lganingiz haqida habar yuboriladi. Continue reading

Ubuntuda ba’zi ko’p foydalaniladigan tugmalar!

Kompyuterimizga ko’pchiligimiz Windows OS sini o’rnatganmiz va undan foydalanishni ko’pchiligimiz judda yaxshi bilamiz. Ammo Ubuntudan foydalanishni endi boshlagan boshlovchilarda foydalanish amalyoti kam bo’lishi mumkin. Ubuntuda yangi foydalanuvchi sifatida ba’zi foydali tugmalardan foydalanishni ko’rsatib o’tmoqchiman. Continue reading