Opera Mini 5 – mobil telefonlarda qulay internet

Hozirgi kunda internet hayotimizning hamma jabhalariga kirib bormoqda. Mobil telefonlar esa allaqachon oddiygina telefon emas, juda ko’p imkoniyatlarga ega jihozga aylangan. Mobil telefon va internet uyg’unligini to’laqonli ko’rsatib beradigan programma esa bu – qulay mobil veb-brauzerdir. Bugun men maqolamda mobil telefonda internetdan qulay foydalanish imkoniyatini beradigan veb brauzer – Opera Mini 5 haqida so’z yuritmoqchiman.

Opera Software kompaniyasi yaqinda o’zining mobil telefonlar uchun veb brauzeri – Opera Mini 5 ni taqdim qildi. Bu mobil telefonda internetdan foydalanuvchilar uchun haqiqiy sovg’a bo’ldi desam adashmayman, chunki Opera Mini 5 orqali mobil telefondan internetga ulanish va oddiy kompyuterda internetga ulanish orasida deyarli farq qolmadi.

 

Opera Mini 5 veb brauzeri J2ME (Java) texnologiyasi mavjud bo’lgan mobil telefonlarda ishlaydi. Hozirgi kunga kelib deyarli hamma internetga chiqish imkoniyati bo’lgan telefonlarda bu texnologiya mavjud, shuning uchun telefoningizda internetga ulanish imkoniyati bo’lsa, demak, siz Opera Mini 5 dan foydalana olasiz.

 

Opera Mini 5 oddiy mobil telefon veb brauzeridan o’zining tezligi, qulayligi va sozlash imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turadi.

 

Opera Mini 5 internetdan ma’lumotni sizga yetkazib berishda muayyan texnologiyalar orqali bu ma’lumotlarni siqib, internet trafikingizni tejaydi. Bu jihatdan unga teng keladigan brauzer yo’q.  Sodda qilib tushuntiradigan bo’lsam, mazkur texnologiya sizning pulingizni tejaydi. Misol uchun odatiy vaziyatni tushuntirib beraman.

 

Telefoningiz orqali www.mail.ru saytiga ulanib, elektron pochtangizni tekshirmoqchisiz.

Oddiy mobil telefon brauzerida bu saytga kirishingiz uchun kamida 200 kb trafik ketadi, pochtangizni tekshirish va xatlarni o’qish uchun esa yana 800 kb trafik ketadi, umumiy olganda, 1mb trafik uchun O’zbekistonda 10 sent to’laysiz.

Opera Mini 5 orqali bu saytga kirish uchun o’rtacha 60 kb, pochtangizni tekshirish va xatlarni o’qish uchun esa yana 200 kb trafik ketadi, umumiy hisobda 260 kb uchun siz 2,5 sent to’laysiz. Bitta saytning o’zida pulingizni to’rt barobar tejash mumkin.

Yana bir variant – Opera Minida internetdagi suratlarni ochishni taqiqlab qo’yish imkoniyati bor. Agar bu sozlashni amalga oshirib, internetga ulansangiz, www.mail.ru dagi pochtangizni ochish uchun ko’pi bilan 1 sent pulingiz ketishi mumkin. O’n barobar tejamkorlik !!! Bu variant, ayniqsa, mobil internetda ko’p foydaladigan, lekin pulini ham tejashni xohlaydigan foydalanuvchilar uchun qo’l keladi.

 

Maqola qisqa bo’lishi uchun men bu programmaning bizga foyda keltirishi mumkin bo’lgan jihatlarini sanab o’tdim, xolos. Programmaning qolgan ajoyib imkoniyatlarini, undan foydalanish davomida bilib olasiz degan umiddaman. Opera Mini 5 programmasini quyidagi usullarda telefoningizga o’rnatish mumkin:

1. Mobil telefon orqali internetdan to’g’ridan-to’g’ri telefoningizga o’rnatmoqchi bo’lsangiz – telefoningizning veb brauzeridan http://m.opera.com saytiga kiring va o’rnating.

Quyidagi usullar Nokia  mobil telefonlarni egalari uchun:

2. Agar telefoningizda Ovi Store mavjud bo’lsa, unda Ovi Store ga kirib, “Opera Mini” deb qidiruv berasiz va qidiruv natijalari orasidan Opera Mini 5 ni  topib, telefoningizga o’rnatasiz.

3. Agar kompyuteringizda Nokia PC Suite mavjud bo’lsa, unda mazkur linkka kirib, Opera Mini 5 ni saqlab oling va PC Suite orqali telefoningizga o’rnating.

Mavzuga yaqin maqolalar

Internetdan biz aslida qanday foydalanamiz?

Internetda kerakli ma’lumot topishning zamonaviy va sodda yo’li

“Nokia 5800 Xpress Music”ni qayta tiriltirish (Bo’lib o’tgan voqea)

Internet haqida qisqacha ma’lumot

Intеrnеtning vujudga kеlishi qisqacha tarixi

Mail.Ru kompaniyasining tarixi

O’znetda ma’lumot izlash va savollarga javob topish

Evernote – kerakli ma’lumotlar har doim siz bilan!

internet trafikni tejash, J2ME, Java, mobil telefonda qulay internet, mobil veb brauzer, Nokia, Opera Mini, Opera Software, Ovi Store, PC Suite, pulni tejash