Matnlar  bilan  ishlash. Microsoft  Word  matn  muharriri.

Kompyuterdan  foydalanuvchi  ish  jarayonida  biror  xujjatni  tez  va  yuqori  sifatida  kirill  yoki  lotin  alifbosida  tayorlash  hamda  chop  qilish  zaruratiga  ko’pincha  duch  keladi.  Bunday  vaziyatda  u  Microsoft  firmasi  tomonidan  yaratilgan  WORD  dasturida  ishlashni  bilishi  lozim.

MS  WORD – bu  matnli  xujjatlarni  tuzish, ko’zdan  kechirish, taxrir  qilish  va  chop  etish  uchun  xizmat  qiluvchi  xamda  Microsoft  Office  dasturlari  guruxiga  kiruvchi  zamonaviy  matn  muxarriridir.

MS  WORD – matnli  va  grafikli  malumotlar  ustida  yuzdan  ortiq  operatsiyalarni  bajaruvchi  xamda  matnli  protsessorlar  sinfiga  kiruvchi  eng  takomillashgan  amaliy  dasturlardan  biri  hisoblanadi.

MS  WORD – yordamida  ixtiyoriy  ko’rinishdagi  xujjatni  juda  tez  va  yuqori  sifatda  tayorlash  mumkin.  Dasturning  yana  bir  qulaylik  tomoni  shundan  iboratki, unda  bir  nechta  xujjatlar  bilan, ya’ni  ularni  qo’shish, biridan  ikkinchisiga  kerakli  joyni  olib  ko’chirish, matn  oldiga  tasvir  tushirish, jadval  tashkil  qilish, turli  shriftlar  bilan  ishlash,  xarflarni  istalgan  shaklda  yetarlicha  katta  formatda  chop  etish  mumkin.  Lekin  MS  WORD – ayrim  “kamchiliklar”  dan  ham  holi  emas.  Masalan:  matematik  ifodalar  va  kimyoviy  formulalarni  kiritishda  katta  qiyinchiliklar  mavjud.  Bundan  tashqari, juda  murakkab  strukturali  poligrafik  (atlaslar,  albomlar  va  jurnal  muqovalari)  materiallarini  tayorlashda  noqulaylik  yuzaga  keladi.

Shunday  qilib, WORD  matn  muxarriri  ko’magida  rus  va  ingliz  tilida  xar  xil  xujjatlar, xat, xisobot, maqola, tijorat  xabarlari  kabi  bir  turkum  matnli  ma’lumotlarni  zudlikda  tayorlash  va  chop  qilish  mumkin.  Bu  matn  muxarriri  yordamida  o’zbek  shriftida  va  lotin  alifbosi  asosida, o’zbek  tilida  xar  xil  ma’lumotlarni  osonlik  bilan  tayorlash mumkin.

 

Word  matn  muxarriri  imkoniyatlari.

 

-Matnni  kiritish, taxrir  qilish  va  ko’zdan  kechirish;

-Qator  oraliqlari  abzatsini  o’rnatish;

-Avtomatik  tarzda  matnni  saxifalarga  bo’lish;

-Matn  qismni  ajratish  va  uni  kerakli  joyga  nusxalash;

-Xujjat  mundarijasini  tuzish;

-Matematik, kimyoviy  formulalarni  yozish;

-Xar xil  shriftlarda – oddiy, og’ma, tagiga  chizib  yozish;

-Bir  vaqtda  bir  nechta  oynada  xujjat  tayorlash;

-Matnda  xar  xil  shakl, grafik  va  rasmlardan  foydalanish;

-Turli  ma’lumotli  jadvallar  tuzish;

-Avtofiguralar  chizish, titul  varaqalarini  jihozlash  va  shu  kabi  yana  bir  turkum  ishlarni  bajarishi  mumkin;

 

Word  dasturini  ishga  tushirish  va  undan  chiqish.

 

Word  dasturi, odatda, dasturlar  dispechorining  Microsoft  Office  bo’limida  joylashgan  bo’ladi.  Word  dasturini  ishga  tushirish  uchun  “sichqoncha”  ko’rsatkichini  Word  piktogrammasini  ustiga  keltirilib, uning  chap  tugmachasi  ikki  marta bosib, standart  usulda  ishga  tushirish  mumkin.  Yoxud  “Пуск”  tugmachasi  yordamida  “Программы”  bandiga  kiriladi  va  dasturlar  ro’yxatidan  Microsoft  Word  ko’rsatkich  orqali  topiladi  xamda  “sichqoncha”  chap  tugmachasi  bosiladi.  Natijada  ekranda  dastlab  Word  dasturi  zarvaragi  so’ngra  Wordning  ishchi  stoli  paydo  bo’ladi.

Microsoft  Word  dasturi  ish  stoli.

Uskunalar  majmuasida  Word  menyu  buyruqlarining  deyarli  barchasiga  mos  xamda  qo’shimcha  amallarni  bajarish  uchun  mo’ljallangan  maxsus  tugmachalar  joylashgan.  Maxsus  tugmachalar  ustidagi  belgilar  bajariladigan  amallarni  ko’rsatib  turadi.

Masalan, uskunalar  majmuasida  printer  tugmachasi  mavjud.  Bu  tugmachani  bosish  ekrandagi  matnni  chop  qilishga  buyruq  beradi.

Dasturdan  chiqish  quyidagi  usulda  bajariladi.  Ko’rsatkichni  sistema  menyusi  ustiga  keltirilib, ikki  marta  bosish  bilan:

Oyna  ilovasining  sistema  menyusini  ochib  va  Close  buyrug’ini  tanlash  bilan:

[Alt]-[F4] klaviatura  tugmachalarini  birgalikda  bosish  bilan:  Файл  buyruqlar  to’plamidan  Выход  buyrug’ini  berish  bilan:

Agar  Word  oynasini  yopish  paytida  xujjatga  ayrim  o’zgartirishlar  kiritilgan  bo’lib, u diskda  saqlanmagan  bo’lsa, ekranda  “Хотители  вы  сохранить  изменения  в  документе?”  degan  savol  chiqadi, u  xolda  o’zgarishni  diskda  saqlash  uchun  “Да”,  o’zgarishni  saqlamaslik  uchun  “Нет”  yoki  taxrir  qilishni  davom  ettirish  uchun  “Отмена”  tugmachalari  tanlanadi.

 

Matnlarni  kiritish  va  saqlash.

 

Agar  buyruqlar  satrida  argumentsiz  Wordni  ishga  tushirgan  bo’lsangiz, u  xolda  kompyuter  yangi  xujjatni  “Документ  1”  shartli  nom  bilan  boshlashni  taklif  etadi.  Ushbu  xujjatning  shabloni  Normal.Dat  fayl  standart  fayl  shaklida  saqlanadi.  Yangi  saxifa  ochilgandan  so’ng  kerakli  xujjat  klaviatura  tugmachalari  orqali  kiritiladi.

Odatda, matn  klaviatura  qurilmasidan  terib  kiritiladi.  Dastlab, ko’rsatkich  ekranda  kerakli  joyga  keltiriladi.  Kiritilayotgan  matn  ko’rsatkich  turgan  joyga  joylashadi.

Agar  kirill alifbosidan  lotin  alifbosiga  o’tish  lozim  bo’lsa  [Alt]-[Shift]  tugmachalar  majmuasidan  foydalaniladi.  Klaviatura  drayverlari  xar  xil  bo’lganligi  sababli, kirill  alifbosida  lotin  alifbosiga  o’tish,  bazan  ikki  marta  [Shift]  yoki  [Ctrl]  bilan  birgalikda  bosilganda  bo’lishi  xam  mumkin.

Yangi  abzatsdan  matnni  kiritishni  boshlash  uchun  qator  nixoyasida  [Enter]  tugmachasini  bosish  lozim,  aks  xolda  ko’rsatkich  avtomatik  ravishda  qator  oxiridan  yangi  qator  boshiga  keladi.  Matndagi  keraksiz  jumlalarni  o’chirish  uchun  ko’rsatkich  mazkur  belgi  old  tomoniga  keltiriladi  va  [Del]  tugmachasi  yordamida  o’chiriladi.

Matndagi  biror  qatorni  ikkiga  bo’lish  uchun  bo’linadigan  matn  maydoniga  ko’rsatkich  keltiriladi  va  [Enter]  tugmachasi  bosiladi.  Ikki  qatorni  birlashtirish  uchun  birinchi  qator  oxiriga  ko’rsatkich  keltiriladi  va  [Del]  tugmachasi  bosiladi.

Xujjatni  tayyorlab  bo’lgandan  keyin  ixtiyoriy nom  va  DOC  kengaytkichi  bilan  “Сохранит  как”  buyrugi  orqali  saqlab  qoyishingiz  yoki  menyudagi  fayl  bo’limiga  kirib, “Сохранит”  satrini  tanlash  yo’li  bilan  uni  xotirada  saqlab  qo’yishingiz  mumkin.

Xotirada  saqlab  qo’yilgan  faylni  yana  taxrir  qilish  zarur  bo’lsa, Word  menyusidagi  Файл  bo’limida  Открыть  buyrug’i  tanlanadi  va  fayl  nomi  beriladi.

Natijada  ish  stolida  matn  xosil  bo’ladi.  O’z  navbatida  matnni  taxrir  qilish  yoki  chop  qilishni  davom  ettirish  mumkin.

 

WD matn muharriri menyusi oltita buyruqdan iborat. Har bir buyruq oldidan uni bajarish uchun bosilishi mumkin bo’lgan klavish (F1, F2, …/10,) ko’rsatilgan.

Leksikon matn protsessori menyusi ichma-ich joylashgan buyruqlar tizimiga ega. Ya’ni menyuning biror buyrug’i tanlasa, Menyu satrida qo’shimcha buyruqlar hosil bo’ladi.  F10 klavishi bosiladi. Natijada yurgich menyular satriga o’tadi.

Yo’nalish klavishlari (chapga yoki o’ngga) yordamida yurgich menyuning “Tekst” menyusining amallari (“yuklash”, saqlash” va hakozo) paydo bo’ladi.

Yuqorida aytilganlarni hisobga olib matn ko’rinishdagi axborotlarni qayta ishlash usullari va yo’l-yo’riqlarini hozirgi kunda eng mukammal matn protsessorlaridan biri bo’lgan MICROSOFT WORD (qisqacha WORD) matn protsessori misolida ko’rib chiqamiz. U juda ko’p amallarni bajara olishi bilan boshqa matn protsessorlaridan ajralib turadi. WORD grafik interfeysga ega bo’lib, aksariyat buyruq va amallar “sichqoncha” yordamida amalga oshiriladi.

WORD bir vaqtda bir vaqtning o’zida bir nechta xujjat bilan ishlash imkoniyatiga ega. Har bir hujjat “oyna” deb ataladigan ichki maydonida tashkil etiladi. Oynalarning o’lchami va joylashish tartibi foydalanuvchi o’z hohishiga qarab belgilab oladi.

MICROSOFT WORD matn protsessorlarining o’zbek tilidagi ifodasi bilan birga qavs ichida rus tilidagi ifodasini berib borishni lozim topdik.

MICROSOFT WORD ishga tushirilganda ekranda uning ishchi maydoni va boshqarish paneli hosil bo’ladi. Boshqarish paneli, odatda sarlavha satri, va uskunalar panelidan iborat

 

Uskunalar panelida uskunalar rasmi chizilgan tugmalar bo’lib,

Ulardan foydalanish matn protsessori bilan ishlashda qulaylik yaratadi.

Sarlavhalar satrida ishlanayotgan hujjatning nomi aks etadi:

 

Menyular satri quyidagilardan iborat.

–        fayl menyusi

–        to’g’rilash

–        ko’rinish

–        joylashtirish

–        format

–        servis

–        jadval (tablitsa)

–        oyna (okno)

–        ma’lumot (spravka)

Mazkur menyular hujjatlar tanlashda muhim ahamiyatga ega. Endi har bir menyuning asosiy buyruqlari bilan tanishib chiqamiz

Fayl menyusi:

 

–        ochish (открыть)

–        hosil qilish (создать)

–        saqlash (сохранить)

–        …kabi saqlash (сохранить как)

–        hujjatlarni chop etish (печать)

–        WORD dan chiqish (выход)

“To’g’rilash” menyusi quyidagi amallarni bajaradi;

 

–        yo’qotish qirqib olish (vo’rezat)

–        nusxalash (kopirovat)

–        joylashtirish (vstavit)

–        matnni izlash va almashtirish (poisk i zamenit teksta)

 

“Ko’rinish” menyusi quyidagi amallarni bajaradi.

 

–        hujjatni ko’rish rejimini tanlash buyruqlari;

–        uskunalar paneli;

–        kolontitul o`rnatish

–        hujjat matni tasvirining masshtabini sozlash

 

“Joylashtirish” menyusi quyidagi amallarni bajaradi;

 

–        turli ko’rinishdagi matnlar va grafik tasvirlarni hujjat matni ichiga joylashtirish.

“Format” menyusi quyidagi amallarni bajaradi.

–        matnlarni formatlash;

–        grafiklarni formatlash (ularning rangi va o’lchovini o’zgartirish);

“Servis” menyusi quyidagi amallarni bajaradi.

 

–        Hujjatlarni tekshirish;

–        WORD dasturlarini sozlash

 

“Jadval” quyidagi amallarni bajaradi.

 

–        Jadvallarni hosil qilish

–        To’g’rilash

–        Formatlash

“Oyna” menyusi quyidagi amallarni bajaradi

 

–        ochiq xujjatlar oynasini tartibga keltirish;

–        kerakli oynani hujjatda ishlash;

 

“Ma’lumot” menyusi quyidagi amallarni bajaradi.

 

–        WORD dasturi bilan ishlashga doir ma’lumotlarni olishga xizmat qiladi

–        WORD matn protsessorlarida bir nechta uskunalar paneli bo’lib, asosan ikkita “standart” va “format” uskunalar paneli ko’p qo’llaniladi.

 

Matn protsessorlari yordamida hosil qilingan matn hujjat deb yuritiladi. U rasmiy hujjat bo’lishi shart emas.

quyida hujjatlarning asosiy parametrlari keltirilgan:

–        sahifa o’lchami

–        sahifa yo’nalishi;

–        hoshiya

–        abzats chekinishi;

–        shrift turi;

–        shrift o’lchami;

–        satrlar orasidagi masofa

Sahifa o’lchamlari va hoshiyalar o’rnatilgach, “sahifa parametrlari”   muloqot oynasidagi “OK” tugmasi bosiladi.

 

Kerakli shriftni tanlash uchun “FORMAT” menyusiga kirib,  “SHRIFT…” amali bajariladi. Ekranda “SHRIFT” muloqot oynasida berilgan shriftlardan biri tanlanadi.

 

“Fayl” menyusidan “hosil qilish” (sozdat) buyrug’i tanlanadi. Natijada matn terish uchun yangi sahifa vujudga keladi. Bu ishni standart uskunalar panelidagi “hosil qilish” (sozdat) tugmasini bosish bilan ham amalga oshirish mumkin. Matnda tinish belgilar va maxsus belgilar ham ishlatiladi. Bu belgilar hammasi klaviaturada mavjud. Kursor harakatini boshqaruvchi yana bir nechta klavishlar bor. Ulardan eng muhimi “ENTER” klavishidir. ENTER” klavishi bosilganda yurgich keyingi qator boshiga ko’chadi. Bu matnda abzats tugab, yangi abzats boshlanganligini bildiradi. “Chapga”, “o’ngga”, “yuqoriga”, pastga, yo’nalish klavishlari  mos ravishda siljitadi.

Bosh harflarni yozish uchun “SHIFT” klavishini bosishni unutmang. Ba’zan matnning biror qismini faqat bosh harflarda yozishga to’g’ri keladi. Bunday holda, odatda, “CAPS LOCK” klavishidan foydalaniladi. Yozayotgan matnni vaqt- vaqti bilan saqlab turish kerak bo’ladi.

Matnli hujjatda tuzatishlar kiritish matnni tahrir qilish deyiladi.

Matnni tahrirlashda eng ko’p bajariladigan ish bu ortiqcha belgini o’chirish yoki tushib qolgan belgini oraga joylashtirish. U quyidagicha amalga oshiriladi.

1.      Yurgich o’chiriladigan belgi oldiga olib kelinadi. Buning uchun yurgich harakatini boshqaruvchi klavishlardan foydalanamiz.

2.      Yurgichni matnning kerakli joyiga “sichqoncha” yordamida”

ham o’rnatish mumkin. Buning uchun “sichqon” ko’rsatgichi matnning kerakli joyiga olib boriladi va sichqonning chap tugmasi bosiladi.

3.      Yurgich kerakli joyga qo’yilgach bitta yoki bir nechta belgini o’chirish mumkin. Buning uchun DELETE yoki BACKSPASE klavishlari qo’laniladi. Ularning ishlari turlicha.

4.      BACKSPASE klavishi bilan yurgichdan chapda joylashgan belgilar o’chiriladi Ba’zi klaviaturalarda BACKSPASE yozuvi o’rniga mazkur klavishga chapga yo’nalgan chiziq chizilgan.

5.      DELETE klavishi bilan yurgichdan o’ngda joylashgan belgilar o’chiriladi.

Matnga yangi belgilarni kiritish quyidagicha bajariladi:

1.      Yurgich matnnig kerakli yeriga o’rnatiladi.

2.      Kerakli belgilar klaviaturada teriladi.

 

WORD matn protsessori dasturiy ta’minotiga 50 dan ziyod rasmlar kirgan bo’lib, ulardan turli hujjatlarni bezatishda foydalanish mumkin. Joylashtirish (Vstavka) menyusidan “rasm” (risunok) buyrug’i tanlanadi.

Ekranda “rasm joylashtirish” muloqat oynasi paydo bo’ladi.

 

Mazkur  muloqot oynasi rasmli fayllar nomlari ro’yxatini ko’rsatib turadi.

 

Ushbu ro’yxatdan biror faylni belgilab, undagi rasm tasvirini ko’rish mumkin. Bu kerakli rasmni tanlash uchun juda qulay. Rasm tanlangach “OK” tugmasi bosiladi. Hosil bo’lgan rasmdan nusha olish, uni o’chirish va o’lchamlarini o’zgartirish mumkin. Belgilangan rasm o’lchamini o’zgartirish uchun “sichqoncha”ni chap tugmasi bosilgan holda qarama qarshi burchak tomonga siljitilsa, rasm kichrayadi, aksincha kattalashadi.

Ixtiyoriy jadval n ta ustun va m ta satrdan iborat. Ular o’z navbatida kataklardan tashkil topadi. Jadvalning asosiy elementi – katak. Katakni o’ziga hos mikro hujjat deyish mumkin. Katakka matn yozish, uni formatlash, hatto rasmlar joylashtirish mumkin bo’ladi. Unga faqatgina yangi jadval joylashtirib bo’lmaydi.

Jadval katagiga kiritilgan axborotlar ham jadval elementi hisoblanadi. Jadvallar quyidagi amallarni bajarishi mumkin.

–        jadvalga yangi ustunlar qo’shish;

–        jadvalga yangi satrlar qo’shish;

–        jadval kataklarini birlashtirish;

–        jadval kataklarini bo’laklarga ajratish;

–        jadval elementlarini saralash.

Таблица  menyusidan  вставить – таблица  buyrug`i tanlanadi. Ekranda  вставка  таблицы   muloqot oynasi  paydo bo`ladi.

 

Avval jadval nechta ustun va satrdan iborat bo’lishini aniqlab olish lozim. Ustun va satrlar soni aniqlangach, “jadval” (tablitsa) menyusining “jadval joylashtirish” buyrug’i tanlanadi. Hosil bo’lgan muloqot oynasida ustunlar va satrlar soni kiritiladi va “OK”  tugmasi bosiladi.