Android qurulmangizni masofaviy boshqarish(Android Device Manager ).

Blogimda android dasturlash darslarini boshlaganim hech birimizga sir emas albatda. Android dasturchisi android OS bilan to’liq ishlay olishni bilishi kerak. Bu maqolamiz nafaqat bo’lajak android OS dasturchilarimizga va foydalanuvchilarimizga ham foydaliydir. Android OS larda o’zini masofaviy boshqarish imkoniyati mavjud. Bunda siz o’z Android qurulmangizni bloklangan holatga tushurishingiz, ovozli signal chiqarishingiz, qurulmangizdagi barcha ma’lumotlarni o’chirib yuborishingiz va eng asosiysi android qurulmangizning joylashgan koordenatsini google map da ko’rish imkoniyati mavjud. Bunday avzalik hozirda judda kerakli narsadir. Chunki ko’chaga chiqsangiz tasodifan qurulmangizni yo’qotib qo’ydingiz yoki o’g’irlatib qo’ydingiz va bu holatlarda sizga masofadan boshqarish imkoniyati qo’l keladi. Xalqimizda bir maqol bor “O’zingni ehtiyot qil, qo’shningni o’g’ri tutma” degan. Shu maqolga amal qilgan holda Bu imkoniyatni o’rganib qo’yish foydadan holi emas. Agar telefoningizni o’g’irlatganningiz va uni qaytarib olmoqchi bo’lsangiz ichki ishlar bo’limiga murojat qiling, o’zingiz mustaqil ravishda olaolmaysiz!

Qanday qilib Удаленное управление Android xizmatni yoqaman?

1.    “Приложения” menyusidan  Настройки Google bo’limiga kiramiz.

2.    Удаленное управление Android tugmasini bosamiz.

Bizga kerakli bo’limlarni tanlaymiz.

  • Поиск устройства. Bu parameter sizning qurulmangiz joylashgan geokoordenatangizni google xaritasida ko’rsatib beradi. Geo ma’lumotlarni olish uchun Android 4.1 va undan kichik versiyalarida ruxsat olinishi kerak.  “Настройки Google” bo’limini ochib  Мое местоположение > Доступ к моим геоданным sini bosamiz.
  • Удаленная блокировка и сброс настроек. Bu parametrimiz esa masofadan turub ma’lumotlarimizni o’chirish, bloklangan holatga o’tkazish va parolni o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Aktivlashtirish uchun bayroqcha bilan belgilaymiz a’ni tanlaymiz.

Qanday qilib Удаленное управление Android xizmatidan foydalanaman?

  1. Google accountingiz bilan Android device manager kirasiz. Sizning accountingiz android qurulmangiz bilan bog’langan bo’lishi lozim.


Yuqoridagi rasmda ko’rib turganingizdag uchta asosiy funksiya joylashgan va ularning ostida google map. Birinchisi “Ring” ovozli signal yuborish, ikkinchisi “Lock” bloklangan holatga tushurish, uchunchisi “Erase” barcha ma’lumotlarni o’chirib yuborish. Google mapda esa geokoordenatasi ko’rsatiladi. Bu xizmat haqida men sizlarga qisqacha ma’lumot berishga harakat qildim. Bundanda to’liq ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Maqolani yozishda google.com dan foyalanildi.