Klaviaturaga qaramasdan yozishni xoxlaysizmi?

klava-petrovna   Kundalik hayotimizda biz kompyuterdan ko’p foydalanamiz. Hozirda deyarli jamiyatimizda barcha insonlar kompyuterda ishlashadi va o’rganishni hohlaydilar. Oldingi maqolalarimda yozganimdag vaqt hayotimizdagi eng muhim narsadir. Vaqtni qanchalik rejali va tejab foydalansak kundalik ishimizda ko’pgina narsalarga ulguramiz.

Ba’zida boshlovchi o’quvchilarimiz kompyuterda o’z vaqtini ko’p sarflaydi. Ya’ni bizda tayyor matn bor yoki bizga kimdir aytib turubdi klaviaturada ishlash tezligi qanchalik yuqori busa biz uchun shunchalik vaqtimizni tejashimizga imkon beradi. Ba’zilar klaviaturada yozishda bir qo’llab harflarni qidirib yursa ba’zilar krill alifbosida tez yoza olishmaydi. Bu muommolarni hal qilish uchun sizlarga Windows OS muhitida ishlovchi Stamina va Linux osda ishlovchi KTouch dasturlarni tavsiya etmoqchiman.

Stamina – Windows os uchun muljallangan bo’lib bepul dasturlar sirasiga kiradi va sizni klaviaturaga qaramasdan yozishga o’rgatadi.

1653134

Dastur muallifi: Алексей Казанцев
Rasmiy sayti: www.stamina.ru
Dasturning qulayliklari:

  • Qulay interfays
  • Bir nechta alifbolarni qo’llay olishi
  • Klavishlarni joylashuvini eslab qolish uchun darslari
  • Hayotiy matnlardan foydalanishligi
  • Darslardagi matnni tahrirlash imkoniyati
  • Natijalar aniqligi
  • Taymer mavjudligi
  • Mp3 playlist mavjudligi
  • Virtual klaviatura mavjudligi va unda tugmalarning rangli tarizda namoyon bo’lishi

Dasturni yuklash


KTouch – Bu dastur ta’lim dasturlar paketini ishlab chiquvchi KDE Education Project tamonidan ishlab chiqilgan bo’lib Linux OSda ya’ni Ubuntu distribute uchun mo’ljallangan dasturdir.

ktouch

Dastur muallifi: Гавард Фройланд, Андрэ Николя
Rasmiy sayti: http://edu.kde.org/ktouch/
Dasturning qulayliklari:

  • Qulay interfays
  • Bir nechta alifbolarni qo’llay olishi
  • Darslardagi matnni tahrirlash imkoniyati
  • Mashqlar asosida turli statistikalar bilan tanishtirib borishi

Terminal orqali o’rnatish

sudo apt-get install ktouch