MySql so’rovlari bilan windows os ning consolida tanishamiz

Ish davomida dasturchilar bir necha ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga to’g’ri keladi va biz ularni o’rganishga vaqtimizni ajratamiz! Ma’lumotlar bazasining turlari ko’p masalan MS SQL server, Mysql, MangoDB, Oracle Database, PostgreSQL va boshqalar. Biz esa MySqlning kammandalarini eng asosiylarini  o’rganib chiqamiz. Darsni screenshot ko’rinishda tushunarli tarizda olib borishga harakat qilaman.

            MySQL bilan bog’lanish:

MySQL bilan bog’lanishda bilamizki login va parol asosida bog’lanamiz. Menda XAMPP o’rnatilgan va MySQL ni consolimizga sozlaymiz

  1. Windowsning o’zgaruvchilar satriga php o’rnatilgan joyni ko’rsatamiz.

Пуск->Панель управления->Система->Вкладка “Дополнительно“
Переменные среды” tugmasini bosamiz va ochilgan oynadan ikkinchi Системныепеременные bo’limidan Path ni topib Изменить tugmasini bosamiz.

1

Va satrning oxiriga “;d:\NEW server\mysql\bin\” ni joylashtiramiz.
Consolni ochamiz CTRL+R va cmd kiritamiz

mysql -u root -p password

va bizda mysql console ochiladi.

2

Qanday qilib baza yaratish va o’chiramiz?

Mavjud bazalarni ko’rishimiz uchun :

SHOW DATABASES;

Natija:
3

Bazani yaratish judda oson:

CREATE DATABASE salom;

4

Ayni shu bazani o’chirishimiz uchun:

DROP DATABASE salom;

Qanday qilib baza bilan bog’lanamiz?

Yani ayni shu salom degan bazamizga kiramiz va buning uchun  USE buyrug’idan foydalanamiz:

USE salom;

Ushbu salom bazasida mavjud jadvallarni ko’rishimiz uchun :

SHOW TABLES;

5

Bizning salom bazamizda hech qanday jadvallar mavjud emas shuning uchun bizga Empty set ya’ni bo’sh degan habar chiqarildi.

Qanday qilib jadval yaratamiz?

Siz agar phpmyadmin bilan ishlab unda table yaratib ko’rgan bo’lsangiz bu siz uchun qiyinchilik tug’dirmayi shunchaki ma’lum tartib asosida phpmyadminda bajargan ishlaringizni buyruq shaklida yozasiz;

create table salom(

               id int not null primary key auto_increment,

               fio varchar(255)

);

6

Endi shu yaratgan salom jadvalimizni ko’ramiz: SHOW TABLES; buyrug’I bilan yaratilganligini tekshirib DESCRIBE salom; deb jadvalimizni ochamiz:

7

Qanday qilib jadvalga ma’lumot qo’shamiz?
Buning uchun INSERT buyrug’idan foydalanamiz

INSERT INTO salom (fio) VALUES (“DILSHOD TURSIMATOV”);

8

Query OK 1 row affected buyrug’I chiqsa so’rovimiz muvoffaqiyatli amalga oshirlgan va 1 qator qo’shilgan deya habar beradi;

Keling bir nechta so’rovni kiritamiz

INSERT INTO salom (fio) VALUES (‘DIlshod Tursimatov 1’);

  INSERT INTO salom (fio) VALUES (‘DIlshod Tursimatov 2’);

   INSERT INTO salom (fio) VALUES (‘DIlshod Tursimatov 3’);

    INSERT INTO salom (fio) VALUES (‘DIlshod Tursimatov 4’);

9

Endi esa qo’shilgan ma’lumotlarni ko’rib chiqamiz buning uchun SELECT buyrug’idan foydalanamiz:

SELECT * FROM salom;

10

Ma’lumotlarni qanday qilib yangilaymiz? 

Yuqorida ma’lumotlarni qo’shdig endi ularni yangilashimiz kerak! Odatda dasturchilar orasida ma’lumotlarni yangilash uchun id ustunidan foydalanishadi

UPDATE salom SET fio=’DILSHOD’ WHERE id=1;

11

Qanday qilib ustunlarni qo’shishimiz yoki o’chirishimiz mumkin?
Buning uchun ALTER so’rovidan foydalanamiz:

ALTER TABLE salom ADD email varchar(25);

12

Ushbu so’rovda ustunlarning eng oxrigisga ustunimizni qo’shamiz keeling fio ustunidan keyin salom degan ustun qo’shaylik

ALTER TABLE salom ADD salom varchar(20) AFTER fio;

13

Keling shu salom ustunini o’chiramiz ADD buyrug’I orqali qo’shgandik endi DROP buyrug’I orqali o’chiramiz

ALTER TABLE salom DROP salom;

14

Qatorlarni qanday o’chiramiz?
Buning uchun DELETE so’rovidan foydalanamiz:

DELETE FROM salom WHERE id=1;

15


Mulohaza va fikrlaringzini facebook.com/ shu yerda qoldirishingiz va maqola yoqgan bo’lsa LIKE bosishingiz mumkin!