WGET kommandasidan Ubuntuda qanday foydalanaman?

 Siz bu maqolada Ubuntu(Linux oilasi)da eng ko’p foydalanadigan Wget kommandasidan qanday foydalanishni o’rganib olasiz!

dangerous-gnu-wget-vulnerability-still-not-patched-in-all-linux-distros-506076-2

WGET(dawnload manager) – Grafik interfeyssiz tarmoqdan ma’lumotlarni yuklovchi dastur hisoblanadi.

Wget  GNU litsinziyasi asosida mutloq bepul tarqatiladi. Wget HTTP, HTTPS, FTP, pratakollaridan va  hamda HTTP proksidan ma’lumotlarni yuklash uchun xizmat qiladi.

Wget asosan tezligi pas yoki o’zgaruvchan(нестабильных) internetga bog’lanadigan foydalanuvchilar uchun ishlab chiqilgan. Internetdan ko’chirilayotgan ma’lumotlar yuklanishi davomida tarmoqdan uzulib qolgan vaqtda u qayta bog’lanishni kutub turadi ya’ni yuklanayotgan ma’lumot 100% bo’lmagunga qadar o’z ishini davom ettiradi. Albatda bu jarayon server tamonidan qo’llab quvatlansa! Tarmoq administratorlari bu kommandadan odatda ko’p foydalanishadi.

WGET dan qanday foydalanamiz?

Wget judda oddiy sintaksisga ega va uni chaqirish ham oddiy.

            Wget [parametr] [url]

Buyruq berilganda bizga wget quydagi ma’lumotlarni ko’rsatib turadi:

  1. Yuklash jarayonini foizlarda ko’rsatadi.
  2. Ma’lumot hajmini va yuklanib olingan ma’lumot hajmini.
  3. Yuklash tezligini
  4. Yuklash 100% bo’lgunga qadar ketadigan vaqtni.

Endi maqolamizning asosiy qismiga o’tamiz:

Xozir sizlarga tas-ix da ommolashgan windows dasturlarini tarqatadigan megasoft.uz saytidan bir dasturni yuklashni ko’rsatib beraman:

Wget  http://d.megasoft.uz/_new/drivers/sound/0006-32bit_Win7_Win8_Win81_Win10_R279.exe

Endi esa uning parametralrini ko’ribchiqamiz!

  1. Ma’lumotni yuklaymiz va biz nomlagan nom ostida diskka saqlaymiz
    Wget -O [nomni shu yerga yozamiz] [URL]
    Wget -O meningtelegramim.exe http://d.megasoft.uz/_new/drivers/sound/0006-32bit_Win7_Win8_Win81_Win10_R279.exe
  2. Skoristni cheklashni ko’rib chiqamiz.
    Wget -limit-rate=[tezlik] [URL]
    wget -limit-rate=100k http://d.megasoft.uz/_new/drivers/sound/0006-32bit_Win7_Win8_Win81_Win10_R279.exe
  3. Ma’lumotni fon rejimida yuklaymiz.
    wget -b [URL]
    wget -b http://d.megasoft.uz/_new/drivers/sound/0006-32bit_Win7_Win8_Win81_Win10_R279.exe
    Fon rejimida yuklanayotgan ma’lumotlarni quydagicha ko’rishimiz mumkin
    Tail -f wget-log