Telegram accountimni qanday o’chiraman?

Telegram accountingizni o’chirish bu siz barcha yozishmalaringiz, foto, video, kontaktlaringiz va boshqa ma’lumotlaringizni butunlay o’chirish demakdir. Agar telegram accountingizni o’chirsangiz va yana qayta ro’yxatdan o’tsangiz do’stlaringizga siz telegramga a’zo bo’lganingiz haqida habar yuboriladi.
Demak boshladik:

  1. Ushbu havolaga (https://my.telegram.org/auth?to=deactivate)telefoningiz yoki kompyuteringizdagi brouzer dasturi orqali kiring.
  2. Telefon raqamingizni kiriting va Next tugmasini bosing
  3. Sizning telegram accountingizga amalni ya’ni o’chirishni tasdiqlash kodi keladi va uni kiritishingiz. Bu o’z navbatida telegramingizni o’chirishda xavfsizligini oshiradi.Kelgan kodni kiritib Sign In tugmasini bosamiz:
    Xabar quydagi formatda keladi:
  4. Keyingi oynada Why are you leaving? (Nima uchun Siz chiqib ketayapsiz?) oynasi paydo bo’ladi va siz hohishingizga ko’ra chiqib ketish sababini kiritishingiz mumkin. Demak Done tugmasini bosamiz
  5. Kichikroq suzib chiquvchi oyna ochiladi va u yerda siz rostan ham accountingizni o’chirishni so’raydi. Qizil tugma Yes, delete my account  tugmasini bosishingiz orqali Telegram tarmog’idan o’z accountingizni butunlay o’chirgan hisoblanasiz.
  6. Keyingi qadam esa albatda telefoningizdan yoki kompyuteringizdan telegram messanger dasturini o’chirib tashlashingiz mumkin bo’ladi(Albatda ehtiyojdan kelib chiqib)