Mysqldump utiliti bilan tanishamiz!

Utilit bu yordamchi dastur, Mysqldump utiliti esa ma’lumotlar bazasidan nusxa olish yoki bir malumotlar bazasidan boshqa bir ma’lumotlar bazasiga nusxa olish uchun foydalaniladi. Server administraori uchun eng kerakli utilitlardan biri hisoblanadi.

Dump utilitida ma’lumotlar bazasini yaratish yoki uni to’ldirish uchun o’zida SQL buyruqlarini mujassamlashtirgan.

Dump hosil qilish

Dump hosil qilish bu huddikim ma’lumotlar omboridan backup olish kabi tushunishimiz mumkin.
Demak ma’lumotlar bazasidan “database” nomli bazamizni database.sql fayl ko’rinishda saqlaymiz.
mysqldump -uroot -h10.20.30.40 -p database > database.sql
Bu yerda:
-u yoki ––user=… – foydalanuvchi nomi
-h yoki –host – server (Agar joriy kompyuter uchun bo’lsa ushbu xususiyatni kiritmasak bo’ladi)
-p yoki –password – parol
database – Ma’lumotlar bazasi nomi

Agar bir nechta ma’lumotlar bazasini dampni yaratishni hohlasak –databases xususiyatidan yoki qisqartma -B ko’rinishi kabi foydalansak ham bo’ladi.
mysqldump -uroot -h10.20.30.40 -p -B database1 database2 database3 > databases.sql

Agar barcha ma’lumotlar bazalarioni dampni yaratishni hohlasak –all-databases xususiyatidan yoki qisqartma -A ko’rinishi kabi foydalansak ham bo’ladi.
mysqldump -uroot -h 10.20.30.40 -p -A > all-databases.sql

Agar barcha ma’lumotlar bazalarioni dampni yaratishni hohlasak –all-databases xususiyatidan yoki qisqartma -A ko’rinishi kabi foydalansak ham bo’ladi.
mysqldump -uroot -h 10.20.30.40 -p -A > all-databases.sql

Dumpdan tiklash

Bunda yuqorida keltirilgan ko’rsatgichni tezkari tartibda joylashtiramiz < yani kichik ko’rinishda:
mysql -uroot -h10.20.30.40 -p database < database.sql
yoki mysql-console yordami bilan quiyidagicha:
mysql> use database;
mysql> source database.sql

Agar sizda gz arxivda bo’lsa unda quydagicha:
zcat database.sql.gz | mysql -uroot -h10.20.30.40 -p database

Ba’zi xususiyatlarini ko’rib chiqamiz

Agar sizga demo versiya kabi foydalanmoqchi bo’lsangiz bu butun boshli ma’lumotlar bazasini kerak bo’lmasa siz o’zingizga keraklicha qator(record, записей) larni berishingiz mumkin.
mysqldump -uroot -h 10.20.30.40 -p --where="true limit 100" database > database.sql

Sizga faqatgina ma’lumotlar strukturasi kerak bo’lsa:

mysqldump -uroot -h 10.20.30.40 -p --no-data database > database.sql

Manba: google.com