Linuxchilar uchun console bu eng muhim instrument hisoblanadi. Albatta foydalanuvchilarning ko’pchiligi grafik rejimda(GUI) ishlashadi. Ammo masalan, serverlarda console rejimida ishlashga to’g’ri keladi. Linux foydalanuvchilar console rejimida ko’picha fayllar bilan ishlashda qiyinchilik yuzaga keladi. Masalan, nusxalash, ko’chirish, o’chirish kabi amallar. Albatta bu amallarni bajarish uchun cd, mv, cp, rm, ls buyruqlari bilan ko’zimizga oson ko’rinadi, ammo ba’zida biz o’ylagandan ko’ra ko’proq mehnat talab qilish ehtimoli ko’payadi. Siz yuqorida keltirilgan buyruqlarni va ularni yaxshi bilgan taqdiringizda ham ba’zida siz uchun Total commander dasturiga o’xshash dasturni ko’nglimiz hohlab qoladi ;).
Midnight Commander bu console orqali ishlovchi fayl menejer hisoblanib linux muhitida ishlaydi. Ushbu fayl menejerni qisqacha qilib MC deb nomlashadi va bu yordamchi dastur linux foydalanuvchilari orasida judda mashhur hisoblanadi. Uning asosiy afzalligi shundaki u juda tez ishlashi, oddiyligi va soddaligi bilan ajralib turadi. MC juda kichik hajmda kompyuterimizdan resurs talab etadi va o’zini ishini juda a’lo darajada bajaradi.
MC ni o’rnatish juda oson buning uchun:
sudo apt-get install mc
O’rnatilish jarayoni muvaffaqiyatli tugagandan so’ng mc buyrug’i orqali ishga tushurishimiz mumkin.

mc ni o’rganish juda oson! Keling yaxshisi SSH bilan ishlashni ko’raylik: SSH bilan ishlaganda serverimizdagi ma’lumotlarni local kompyuterimizga va aksincha nusxalash(bu bir misol) imkoniyatini yaratadi. SSH bilan bog’lanish uchun
right menyusiga o’tamiz u yerdan Shell link .. menyusini bosamiz

keyin esa username va server ip: root@dasturchi.zn.uz misolida:))


Xullas siz uchun foydali bo’ldi degan umiddaman!