Kompyuterda virus borligini qanday bilsa bo’ladi va viruslarga qarshi nima qilish kerak?

Kompyuter viruslari operatsion tizimda o’rnashib olganligini bilish unchalik oson emas, agar bu viruslar troyan yoki rootkit bo’lsa, umuman, ularning mavjudligini nafaqat foydalanuvchi, balki antivirus programmalari ham sezmasligi mumkin.

Kompyuterga virus asosan ikki yo’l orqali o’rnashib olishi mumkin.

Birinchi va eng keng tarqalgani yo’l bu – zararlangan flesh yoki boshqa portativ disklarni kompyuteringizga ulash, shuning uchun begona fleshni kompyuterga ulashdan oldin, antivirus programmasi bilan tekshiring.

Ikkinchi yo’li bu – internetda zararlangan saytlarga kirish, chat davomida shubhali fayllarni olish yohud ochish yoki p2p tizimidan keladigan fayllardagi viruslarning kompyuteringizga o’rnashib olishidir. Internetga ulanishdan oldin, kompyuteringiz xavfsizligiga yetarlicha ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun antivirus programmasi ishlab turgan bo’lishi, viruslarni aniqlash bazasi yangilangan bo’lishi lozim.
Continue reading “Kompyuterda virus borligini qanday bilsa bo’ladi va viruslarga qarshi nima qilish kerak?”

Antivirus va kompyuterlarga jiddiy xavf paydo bo’ldi – har qanday antivirusni aldash usuli topildi

Matousec.com saytida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, tadqiqotchilar Yakub Brjeski va David Matoushek eng mashhur antiviruslar tarkibiga kiruvchi himoya qalqonini chetlab o’tish usulini topishganini e’lon qilishdi. Bu usulga qarshi eng mashhur antivirus mahsulotlari, jumladan, Kaspersky, DrWeb, avast! (qanday achinarli), Sophos, ESET, McAffee, Symantec, Panda va hakozolar ham hech narsa qilolmasligi ta’kidlanadi.

Bu usul quyidagicha ta’riflanadi: Windows OTni qo’riqlayotgan antivirusga oldin zararsiz kod yuboriladi. Kod antivirusning hamma qalqonlardan o’tib bo’lib, harakatga kelmasdan oldin, u zararli kodga almashtiriladi. Bu almashtirilish kerakli paytda amalga oshirilishi kerakligi hammaga ma’lum. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, ko’p yadrolilik tizimlarda ma’lumotlarning bir oqimi parallel oqimlarni kuzatish imkonini bermaydi va bu almashtirish ishi oson ko’chadi. Natijada, xohlagan Windows OTida ishlaydigan antivirus aldanishi mumkin. Bu kodli programma viruslarning rootkitlar sinfiga kiradi.
Continue reading “Antivirus va kompyuterlarga jiddiy xavf paydo bo’ldi – har qanday antivirusni aldash usuli topildi”