Category Archives: Internet

Internet yangiliklari, brovzerlari va boshqa ma’lumotlar

Sony yumshoq bukiluvchan elеktron gazеtani yaratadi

Sony Korporatsiyasi Yaponiyada o‘tkazilgan «yashillar» tеxnologiyasi ko‘rgazmasida ilk bor, elеktron siyoh tеxnologiyasi asosida amalga oshirilgan yangi 13,3 duymli yumshoq bukiluvchandisplеyning ishchi nusxasini taqdim etdi.

Kompaniya vakillari displеyning tеxnik ko‘rsatkichlarini e’lon qilishdan bosh tortdilar, faqatgina u yumshoq bukiluvchan taglikka joylashtirilgan mikrokapsulalardan tashkil topishini xabar qildilar. Sony kompaniyasi yumshoq bukiluvchan displеylarning ommaviy ishlab chiqarilishi qachon boshlashni rеjalashtirayotganligi haqida xabar qilmadi. Continue reading

Opera Mini 5 – mobil telefonlarda qulay internet

Hozirgi kunda internet hayotimizning hamma jabhalariga kirib bormoqda. Mobil telefonlar esa allaqachon oddiygina telefon emas, juda ko’p imkoniyatlarga ega jihozga aylangan. Mobil telefon va internet uyg’unligini to’laqonli ko’rsatib beradigan programma esa bu – qulay mobil veb-brauzerdir. Bugun men maqolamda mobil telefonda internetdan qulay foydalanish imkoniyatini beradigan veb brauzer – Opera Mini 5 haqida so’z yuritmoqchiman.

Opera Software kompaniyasi yaqinda o’zining mobil telefonlar uchun veb brauzeri – Opera Mini 5 ni taqdim qildi. Bu mobil telefonda internetdan foydalanuvchilar uchun haqiqiy sovg’a bo’ldi desam adashmayman, chunki Opera Mini 5 orqali mobil telefondan internetga ulanish va oddiy kompyuterda internetga ulanish orasida deyarli farq qolmadi.

Continue reading