Linuxchilar uchun console bu eng muhim instrument hisoblanadi. Albatta foydalanuvchilarning ko’pchiligi grafik rejimda(GUI) ishlashadi. Ammo masalan, serverlarda console rejimida ishlashga to’g’ri keladi. Linux foydalanuvchilar console rejimida ko’picha fayllar bilan ishlashda qiyinchilik yuzaga keladi. Masalan, nusxalash, ko’chirish, o’chirish kabi amallar. Albatta bu amallarni bajarish uchun cd, mv, cp, rm, ls buyruqlari bilan ko’zimizga oson ko’rinadi, ammo ba’zida biz o’ylagandan ko’ra ko’proq mehnat talab qilish ehtimoli ko’payadi. Siz yuqorida keltirilgan buyruqlarni va ularni yaxshi bilgan taqdiringizda ham ba’zida siz uchun Total commander dasturiga o’xshash dasturni ko’nglimiz hohlab qoladi ;).
Continue readingCategory Archives: Sayt haqida
Mysqldump utiliti bilan tanishamiz!
Utilit bu yordamchi dastur, Mysqldump utiliti esa ma’lumotlar bazasidan nusxa olish yoki bir malumotlar bazasidan boshqa bir ma’lumotlar bazasiga nusxa olish uchun foydalaniladi. Server administraori uchun eng kerakli utilitlardan biri hisoblanadi.
Dump utilitida ma’lumotlar bazasini yaratish yoki uni to’ldirish uchun o’zida SQL buyruqlarini mujassamlashtirgan.
Continue readingSCP LINUX
SCP utilit hisoblanib serverlar(hostlar) o’rtasida fayl va kataloglarni nusxlash uchun ishlatiladi. SCP utiliti SSH (Secure Shell) protokoli yordamida fayl va kataloglarni bir serverdan ikkinchi serverga yoki local kompyuterimizdan serverga va aksincha nusxalashda foydalanamiz!
SCP dan foydalanish bo’yicha bir nechta misollarni ko’rib chiqamiz:
- file.txt faylini serverimizdan lokal kompyuterimizning /local/directory deb nomlangan katalogiga nusxalaymiz
scp user@remote.server:file.txt /local/directory
- file.txt faylini lokal kompyuterimizdan serverimizning /remote/directory katalogiga nusxalaymiz
scp file.txt user@remote.server:/remote/directory
- Kompyuterimizdagi dir1 katalogini serverimizning /remote/directory/dir2 katalogiga nusxalaymiz
scp -r dir1 user@remote.server:/remote/directory/dir2
- file.txt faylimizni bir serverdan ikkinchi serverga nusxalaymiz
scp user@remote.server1:/directory/file.txt user@remote.server2:/some/directory/
- Kompyuterimizdagi file1.txt va file2.txt fayllarni serverimizning bosh ya’ni userning katalogiga nusxalaymiz
scp file1.txt file2.txt user@remote.server:~
- Kompyuterimizdagi file.txt faylini serverimizning /remote/directory katalogiga 2223 porti orqali nusxalaymiz
scp -P 2223 file.txt user@remote.server:/remote/directory
- Kompyuterimizdagi file.txt faylimizni serverga 100 Kbit/s tezlik bilan nusxalaymiz
scp -l 100 file.txt user@remote.server:~
- Serverimizdagi bir qancha fayllarni kompyuterimizga yuklaymiz
scp user@remote.server:~/\{file1,file2,file3\} .
SCP ning xususiyatlari
-r – Rekursiv nusxalash (Kataloglarni nusxalash uchun)
-l <KB limit> – Tezlikni KB/s cheklash
-P <port raqami>- Katta P serverimizga port orqali foydalanib kirilganda foydalaniladi
Agar siz windows foydalanuvchisi bo’lsangiz WinSCP utilit dasturidan foydalanishingiz mumkin
Manba: Google 🙂
Telegram accountimni qanday o’chiraman?
Telegram accountingizni o’chirish bu siz barcha yozishmalaringiz, foto, video, kontaktlaringiz va boshqa ma’lumotlaringizni butunlay o’chirish demakdir. Agar telegram accountingizni o’chirsangiz va yana qayta ro’yxatdan o’tsangiz do’stlaringizga siz telegramga a’zo bo’lganingiz haqida habar yuboriladi. Continue reading
Android Studioni Ubuntuga o’rnatamiz.
Oramizda ko’pchiligimiz Linux foydalanuvchilarimiz. Bizga Windows bergan yoki bermagan imkoniyatlarni Linuxning distribute bo’lgan Ubuntuda topishni hohlaymiz va buni ro’yobga chiqaramiz. Ko’pgina hollarda bizda turli muommolar yuzaga kelib turadi yaxshiyamki bu muommolar bizda ijobiy hal bo’ladi. Bugun esa o’zimning Android OS dasturlash tajribalarimdan kelib chiqib juda foydali maqolalardan birini yozishga qaror qildim.