Car Zeiss dan yangi 3D-ko’zoynak

1.jpeg   Hammamizga ma’lumki Carl Zeiss bir necha yillardan buyon o’zining mashhur Cinemizer deb nomlangan video ko’zoynaklarini ishlab chiqarmoqda. Yaqinda esa kompaniya ushbu ko’z oynaklarga 3D-imkoniyatlar qo’shgani haqida ma’lum qildiKo’z oynaklar Cinemizer Plus deb nomlangan bo’lib hozirgi kunda ularni uy kinoteatrlari va turli o’yinlarga ishlatish mumkin.

Yangi 3D-ko’zoynak 640×480 piksel o’lchamni ko’tarishga ega va har bir okulyar ichida unchalik katta bo’lmagan 16:9 OLED display mujassaml bo’lgan.
Continue reading “Car Zeiss dan yangi 3D-ko’zoynak”

Dasturchilar kuni

13 sentabr joriy yilning 256 kuni, 16 lik sanoq sistemasida 0xFF bildiradi va programmist ya’ni dasturchilar uchun 16-lik sanoq sistemasi 0-dan boshlanishi sababli shu yilning 255 kuni.Dasturchilar kuni – dasturchilarning professional bayrami bo’lib har yilning 256 kuni nishonlanib keladi.

Dasturchilar bu professional kelajakni ko’ra biluvchi, har kuni kompyuter tarmoqlarini, sistema yaratuvchi va ularni xavfsizligi ta’minlovchi shaxslardir.

Internet kelajakda galaktikada ishlaydi

Internet Quyosh tizimini egallab oladi va foydalanuvchilarga kosmik apparatlar bilan aloqaga chiqish imkoniyatini beradi. Bularning hammasi yaqin 10-yillikda yuz beradi deydi Google ning vitse-prezidenti Vinton Serf.

«Kelajakda 3-ta muhim rivojlanadigan narsalar haqida o’zimning fikrimni bildirishim mumkin» deb o’z so’zini davom ettiradi Vinton Serf.

Birinchi: Mobil internet keng rivojlanadi va bu foydalanuvchilarga katta imkoniyatlar yaratib beradi.

Ikkinchi: Ma’lumot almashuniving Internet orqali tez sur’atda amalga oshirilishi. O’zaro tarmoqlar yaratilishida optik-kabellardan foydalanish bilan bog’liqdir.

Uchinchi: Internet Yer shari bilan chegaralanib qolmay boshqa sayyorlarni ham zabt etadi.

Eslatib o’tish kerak bu imkoniyatlar mobil qurilmalarni hayotimizga kirib kelishi bilan bog’liq. Bular internet foydalanuvchilar soni oshishiga olib keldi endilikda internet bizning qo’limizda. Biz qayerda bo’lishimizdan qa’tiy nazar kerakli ma’lumotni bir zumda olish imkoniyatga egamiz, albatta bu katta o’zgarishdir deb o’z so’zini yakunladi.

Vinton Grey Serf (anglya. Vinton Grey yoki «Vint» Serf, 23 iyun 1943 yil, Nyu-Xeyven (Konnektikut, AQSH) — amaliy xisoblash sistamalari yo’nalishi bo’yicha amerakalik olim, TCP/IP protokllarining yaratuvchilaridan biri . 2004 yilda Tyuring mukofoti bilan taqdirlangan. OAV uni «internetning otasi» («отцом интернета») deb yuritadi.

Kompyuter va mobil telefonlarni deb xitoy yoshlari yozishni unutib qo’yishmoqda

Ko’p vaqtlarini chat, SMS ga ba’gishlovchi xitoy yoshlari, maktabda oddiy yozuvdan olgan bilimlarni unutib qo’yishmoqda.

Bunday o’zgarishni mashur China Youth Daily gazetasi aprel oyida yoshlar o’rtasida so’rovnoma o’tkazdib aniqlanadi. Ko’p va to’xtamasdan klaviatura bilan do’stlashgan xitoylik yoshlar xotirasidan oddiy so’zlar yozishi chiqib ketmoqda.

“Men kerakli iroglifni aniq tassavur qiloolaman, lekin chiziqlarni ketma-ketligi eslaolmayman” deydi 21 yoshli Li Xanvey universitet talabasi.

Kamdan kam uchraydigan olimlar tomonidan o’rganib chiqilgan “ireoglif amneziya” deb nomlanga muammo Xitoyda keng tarqaldi. Xitoy tilida maxsus so’z ham paydo bo’ldi – «tibiwangzi», tarjimasi “ruchkani oldim, iroglifni unutdim”.

China Youth Daily o’tkazgan so’rovnomada 2 ming dan ortiq Xitoy yoshlari ishtirok etishdi. Ushbu so’rovnom natijlariga ko’ra deyarli 83 foiz yoshlar irogliflarni yozaolmaslik muammosiga ega

Yaponiyalik olimlar esa navbatdagi kompyuter asrining muammolaridan biri deb xisoblashmoqda. Va Yaponiyalik yoshlarida ham shunday muammo kuzatilishi mumkin degan fiklar mavjud.

O‘zbekiston dasturchilari forumi

Toshkentda Dasturchilarning yillik milliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston softver sanoati, qator yetakchi xorijiy kompaniyalar mutaxassislari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston IT-korxonalari va tashkilotlari uyushmasi, «Microsoft» korporatsiyasi va BMT Taraqqiyot dasturining «AKT siyosati» (ICTP) loyihasi ko‘magida tashkil etildi.
Continue reading “O‘zbekiston dasturchilari forumi”