Hodisalar bilan ishlashni optimizatsiya qilamiz.

Bundan oldingi darsimiz hodisalar bilan ishlashni ko’rdik. Ushbu darsimizda esa view elementlarining hodisalari bilan ishlashning optimal variantini o’rganamiz. Bundan oldingi darsimizdagi kamchiligi OnclickListener classimizning har bir element uchun obyektini yaratib turub uning metodiga bajaradigan vazifasini kiritish edi. Ushbu darsimizda esa OnClickListener classimizning bir obyekytini yaratib uning onClick metodi bilan barcha view elementlarimiz bilan ishlashni o’rganamiz. Continue reading

Button misolida hodisalar bilan ishlash! Android 6-dars

Ushbu darsimizda button tugmasi bosilganda hodisa yuz berishi haqida o’rganamiz. Hodisa bilan xususiyat tushunchalarini ko’pchilik boshlovchi dasturchilar unitib qo’yadi. Keling hozi men hammamizga tushunarli bo’lgan hayotiy misol orqali ushbu ikki tushunchani tushuntirib o’tsam. Nexia avtomoashinasi uning  xususiyatlari rangi, hajmi, oynalari,.. va uni hodisalariga esa gaz pedalini bosganda tezlanishning ortishi, tormoz pedalini bosganda avtomoshina harakatdan to’xtashi, signal tugmasi bosilganda ogohlantiruvchi tovush chiqarishi va hklar ni misol keltirishimiz mumkin. Biz shu vaqtgacha  bo’lgan darslarimizda obyektlarni xususiyatlari bilan ishlashni o’rgandik. Demak darsimizning asosiy qismiga o’tsak, hodisa tushunchasi haqida yuqorida ozroq o’rgandik. Endi esa hodisa bilan Button tugmasi orqaliy ishlashni o’rganamiz. Continue reading

Ekran elementlari bilan kod orqali ishlash! 5-dars

Bu maqolamizda view elementlar (GIU) bilan kod orqaliy ishlashni ko’rib chiqamiz.

Yangi loyiha hosil qilamiz.

Project name: lession5
Build Target: Android 4.2.2
Application name: ViewById
Package name: uz.dasturchi.viewbyid
Create Activity: MainActivity

View elementlari bilan ishlash uchun bizga id si kerak bo’ladi. Elemntlarga quydagi tarizda id beriladi @+id/name va bu R.java classiga qo’shilib boriladi.
Continue reading

YII framework ni Denwerga o’rnatish!

Har doimgidak an’anamga sodiq qolgan holda Yii framework haqida qisqacha to’xtalib o’tib uni windows os muhitida denwer paketiga qanday qilib o’rnatish kerakligi haqida yozaman. Yangilikka intilib yashash degani bu sen har bir ishda birinchisan deganidir. Stiv Jobsni bir gapi  bor ediku “Har doim yangi texnologiyadan foydalan yoki foydalanmasang ham oldingda tursin” (Aniq nima degani esimda yo’q J ). Biz ham dasturlashda har doim yangi texnologiyalardan foydalanishga harakat qilamiz.
Continue reading

Qanday qilib mail.ru qidiruv tizimini firfoxdan o’chiramiz!

Internet! Internetsiz ba’zilarimiz hayotimizni tasavur etaolmaymiz. Internet tarmog’idan ya’ni WWW foydalanishimiz uchun bizga albatda brouzer dasturlar kerak bo’ladi. Har birimiz o’zimizga yoqqan brouzerdan foydalanamiz. Brouzerlarni kimdir tashqi dizayini va yana kimdir xotiradan joy olishiga hamda turli abzalliklariga qarab tanlashadi. Brouzerlardan habari yo’q foydalanuvchilarimiz esa Internet Explorerdan foydalanishadi :). Men o’zim ikki brouzerdan Mozilla firefox(95%) va Google chrome(5%) dan foydalanaman. Mozilla firefoxsiz internetdan foydalangim kelmaydi rosti! Continue reading