Tag Archives: scp user@remote

SCP LINUX

SCP utilit hisoblanib serverlar(hostlar) o’rtasida fayl va kataloglarni nusxlash uchun ishlatiladi. SCP utiliti SSH (Secure Shell) protokoli yordamida fayl va kataloglarni bir serverdan ikkinchi serverga yoki local kompyuterimizdan serverga va aksincha nusxalashda foydalanamiz!

SCP dan foydalanish bo’yicha bir nechta misollarni ko’rib chiqamiz:

  1. file.txt faylini serverimizdan lokal kompyuterimizning /local/directory deb nomlangan katalogiga nusxalaymiz
    scp user@remote.server:file.txt /local/directory
  2. file.txt faylini lokal kompyuterimizdan serverimizning /remote/directory katalogiga nusxalaymiz
    scp file.txt user@remote.server:/remote/directory
  3. Kompyuterimizdagi dir1 katalogini serverimizning /remote/directory/dir2 katalogiga nusxalaymiz
    scp -r dir1 user@remote.server:/remote/directory/dir2
  4. file.txt faylimizni bir serverdan ikkinchi serverga nusxalaymiz
    scp user@remote.server1:/directory/file.txt user@remote.server2:/some/directory/
  5. Kompyuterimizdagi file1.txt va file2.txt fayllarni serverimizning bosh ya’ni userning katalogiga nusxalaymiz
    scp file1.txt file2.txt user@remote.server:~
  6. Kompyuterimizdagi file.txt faylini serverimizning /remote/directory katalogiga 2223 porti orqali nusxalaymiz
    scp -P 2223 file.txt user@remote.server:/remote/directory
  7. Kompyuterimizdagi file.txt faylimizni serverga 100 Kbit/s tezlik bilan nusxalaymiz
    scp -l 100 file.txt user@remote.server:~
  8. Serverimizdagi bir qancha fayllarni kompyuterimizga yuklaymiz
    scp user@remote.server:~/\{file1,file2,file3\} .

SCP ning xususiyatlari

-r – Rekursiv nusxalash (Kataloglarni nusxalash uchun)

-l <KB limit> – Tezlikni KB/s cheklash

-P <port raqami>- Katta P serverimizga port orqali foydalanib kirilganda foydalaniladi

Agar siz windows foydalanuvchisi bo’lsangiz WinSCP utilit dasturidan foydalanishingiz mumkin

Manba: Google 🙂